Iklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korrektsion ishlar
tamoyillari va metodlari. Rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar maxsus,
korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal
bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati,
tuzilishi, bolani tcgishli muassasaga joylashtirish, korrektsion ishlarni amalga
oshirishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan sonli va sifatli ko’rsatkichlarini
aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o’qitish va tarbiyalash, shuningdek,
umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion- rivojlantiruvchi sinflami tashkil
etish masalasi bilan psixologik-tibbiy- pedagogik komissiyalar (PMPK)
shug’ullanadilar. Bu borada mutaxassislaming quyidagi tamovillarga amal
qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamovili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal
darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat
bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan
qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o’rganish tamovili bolaga tashhis qo’yishda zarur
mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan
ma’lumotlarga tan ish ni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va
pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamovili bolaning idrok etish,
emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra
bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati
ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv,
mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o’rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular
biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi
imkoniyatlarini ham hisobga
olish
muhim
ekanligini nazarda tutadi.
L.S.Vigotskiyning «yaqin rivojlanish zonasi» - bolalarning o’qishdagi mavjud
imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamovili bola bajargan topshiriqni baholashda
yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani echish uchun tanlangan yo’lning
ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma- ketligi, maqsadga erishishdagi
qat’iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma’lum turdagi patologivali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan airatish
tamovili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
Rivojlanishida
maviud
bo’lgan
chetlanishlar
daraiasiaa
ko’ra
differensatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin
darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda
tutadi, binobarin, ulami o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan,
ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa
ko’rish asosida o’qitiladi).
Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul
qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni
tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar
tomonidan amalga oshiriladi.
PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar: pcdagog,
psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar,
oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga
defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega
mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil
etiladi:
Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o’rnatish vositasi bo’lib, anomal
bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi
chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to’plashga inikon beradi. Agarda
bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo’lsa, yoki munosabatga qiyin
kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani
qiziqtiradigan ko’rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval
boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o’tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish
har doim aniq maqsad asosida o’tkaziladi. Bolani o’yin faoliyatini tashkil etish
jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o’matishga
imkon beradi. Ayrim hollarda o’yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar
o’tkaziladi.
Rasmlarini o’reanish metodi. Rasmlar bolani o’lganishda muhim
difTerensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya
etilgan rasmlar xavotir uyg’otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga
muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish
jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar
odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy
predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
Tajriba-psixoloeik tadaiaotlar mctodlari. Ular maxsus o’rganilishi kerak
bo’lgan psixik jarayonni qo’zg’atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko’zda
tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va
mexanizmlarini ochib ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda
tekshirishda qo’llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test
ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlami
o’tkazishda bola haqida zarur qo’shimcha ma’lumotlami olishga imkon beradi.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan o’quvchilarni korrektsion
o’qitish. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik
tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar
orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan. yaqqol ifodalanmaydigan sensorli,
intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy
nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunktsiyalari ekaniligini
ko’rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o’zlashtira
olmaydigan o’quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi.
PROQni bolalar rivojlanishini ko’rsatuvchi anomaliya sifatida o’rganish XX
asrning 50-yillarining oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi.
Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi
to’rt variantini keltiradilar:
- konstitutsional kelib chiqish;
- somatogen kelib chiqish;
- psixogen kelib chiqish;
- serebral-organik kelib chiqish.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’ladilar. Ular maktabda o’qishga to’la tayyor emaslar, ularda
maktabda o’qish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarshakllanmagan, dastur
talablarini o’zlashtirish uchun layoqati etarli emas. Ular maxsus yordamsiz
hisoblash, o’qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o’igana olmaydilar.
Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish
kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini
bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Ko’pincha boshlari og’riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o’ziga xos. Maktabda
ular o’zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o’qishga
nisbatan qiziqish yo’q yoki juda past bo’lib, maktabga nisbatan ijobiy munosabat
kuzatilmaydi. O’zyin ular uchun asosiy faoliyat bo’lib qoladi.
PROQli bolalarni ko’pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni
o’zaro farqlashda ayrim omillar qo’l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy
bilimlarni o’zlashtirish, hisoblash ko’nikmalarini egallab olishda qiyinchilik
ko’zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok
etish faolligi ancha yuqori bo’ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda
kuzatilmaydi.
Ko’pchilik hollarda PROQ (ZPR) o’quvchilar ommaviy umumiy o’rta ta’lim
maktablarida o’qitiladilar. Ular bilan individual korrektsion ishlar olib borilmaydi,
shu bois ular amalda o’quv jarayonidan chetda qoladilar va prcdmetlami
o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil
etiluvchi korrektsion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar. Ularga alohida e’tibor
ko’rsatish talab etiladi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib
borishning xususiyatlari. O’zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik
rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga
oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab
intematlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular
ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korrektsion-
rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati — 4—5 yil).
Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Bolalarni korrektsion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi
bo’yicha ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko’ra
amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o’quvchidan iborat bo’ladi. Ular rivojlanishidagi
nuqsonlarning bartaraf etilishiga ko’ra ommaviy umumiy o’rta ta’lim
muassasalariga o’tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim 5-9 sinflar) ayrim o’zgartirishlar (muayyan o’quv
mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy
o’rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korrektsion-
rivojlantiruvchi sinflarda, ta’limning 1- bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki
hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi
bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o’quv
faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va
amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o’quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni
korrektsion o’qitish davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga
oshirilishi zarur. O’zquv materiali hamda ta’lim metodi PROQ bolalarning
rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo’lishi
sahablari. Aqli zaiflikni o’rganish bilan bog’liq masalalar korrektsion
pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash, ijtimoiy
moslashtirish va o’rganish muammolari korrektsion (maxsud) pedagogikaning
muhim sohasi — oligofrenopedagogika tomonidan o’rganiladi. «Oligofreniya»
(yunoncha olygos — kam va phren - aql) termini 19 asrda mashhur nemis psixiatri
Emil Krepelin tomonidan qo’llanilgan.
Oligofreniya — bu natal (tug’ilish payti) yoki postnatal (hayotiy
rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi
natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen
(tashqi) va endogen (ichki) otShag bo’lishi mumkin. Ekzogen omillarsirasiga
onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli
kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning
ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli
tug’ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar
kasalliklari bilan og’rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori- darmonlarni
qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlami olishi,
ayo’llarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon
sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalami is’temol
qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi.
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
Tuglishi paytida yoki tug’ilgandan keyin uch yil davomida miyasi
shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning
quyidagi to’rt darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam). o’rtacha og’ir va chuqur
darajalar.
Kam darajadagi aqli zaiflik o’quvchilar maktabni bitirish davrida o’zlarining
psixometrik va klinik namoyon bo’lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan
kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib bo’lmaydigan hodisa sifatida e’tirof etilsa ham, uni
korreksiya qilib bo’lmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Aksariyat tadqiqotlarda
maxsus (korrektsion) ta’lim muassasalarida metodik jihatdan to’g’ri yo’l tutilishi
aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini
ko’rsatmoqda.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar. Aqli zaif bola
bilan korrektsion ishlami erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va
ikkilamchi chetlanishlaming oldini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni
psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o’z vaqtida o’tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog’liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus
yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan
korrektsion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog’chalarida amalga
oshiriladi. Aqli zaif bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar
bog’chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o’qitish
maxsus bolalar bog’chasidagi kabi maxsus dastur bo’yicha olib boriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korrektsion) maktablarda
o’qitiladilar, bu erda o’qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur bo’yicha
olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o’rta ta’lim fanlari (ona tili, o’qish,
matematika, geografiya, tarix, tabiat, jismoniy tarbiya, rasm, musiqa, chizmachilik)
bilan birga maxsus korrektsion fanlar ham o’qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat
ta’Iimi muhim o’rin egallaydi. Mehnat ta’limi 4 sinfdayoq professional
xususiyatga ega bo’lib, bolalar o’zlari bajara oladigan kasbni o’zlashtiradilar.
Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo’lib, asosiy maqsad
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash,
atrofdagilar va o’zlariga to’g’ri baho bcrishga o’rgatiladilar. Ayni vaqtda
respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-
internatlari tashkil etadi.
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning ommaviy umumiy o’rta
ta’lim maktabiga jalb etilish holati ko’zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning
taqdiri, uni o’qitish va tarbiyalash mas’uliyatini ota-onalar o’qituvchi-defektologlar
bilan kelishib olishlari zarur. Nonnal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda
o’qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi etganicha,
darsning borishiga xalaqit qilmay sinf faoliyatida ishtirok etishi kerak. Unga biror
narsaning tushunarsiz bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu holat keyin o’quv
materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy
umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab
etadi.
Nutqida nuqson bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Nutqiy
buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq faqatgina insonga xos bo’lgan muhim
psixik funktsiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks
ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o’rganish, oldini olish va korreksiya bilan korrektsion
pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi — logopediya (yunoncha logos —
so’z va paideia — tarbiyalash) shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan
nutqiy buzilishlar o’z-o’zidan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan
korrektsion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va
endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik,
morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy- psixologik (atrof-muhitning salbiy
ta’siri), psixonevrologik (psixik funktsiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki
diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning niarkaziy nerv tizimi va uning
organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli
akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tcz sodir
boMishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar),
malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar
sabab bo’ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
- tibbiy-psixologik nutqiy buzilish:
- psixologik-pedagoeik nutqiv buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko’riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi
ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
- og’zaki nutqning buzilishi:
- yozma nutqning buzilishi.
Og’zaki nutqning buzilishi o’z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
- nutq ifodalanishi fonatsion tuzilishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
- fikr
strukturali-semantik
(ichki)
tuzilishi
(nutqning
tizimli
yoki
polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik
jarayonda qo’llashga yo’naltirilgan bo’lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni
tuzatishga yo’naltirilgan korrektsion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatish metodlarini
ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko’ra nutqning
buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
- Muomala
vositalari
(fonetik-fonematik
va
nutqning
umumiy
rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
- Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar.
Maktab o’quvchilarida nutqi buG’.ilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy
buzilishi bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish,
nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi
uning oldini olish, maxsus (korrektsion) o’qitish va tarbiya masalasi bilan
logopediva shug’ullanadi. «Logopediya» terminining yunonchadan tarjimasi
«to’g’ri nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli
mutaxassislar — fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan
o’rganiladi.
Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida
funktsional yoki organik chetlanishlar ko’zga tashlanadi. Miyaning organik
zararlanishi sababli issiq, transportda yurish, arg’imchoqda ko’p vaqt tebranish
bolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi, boshlari og’riydi ko’ngillari ozadi va boshlari
aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari. jahllari chiqishi bilan
ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez
o’zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo’ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va
lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalar tinch o’tira olmaydilar, butun dars davomida
ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo’ladi. Juda tez xafa bo’ladilar, gapga
quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin sa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin
bo’ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning
bo’shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi.
Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat:
Logopedik punkt o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlaridagi
buzilishlarni tuzatish mavjud bo’lgan nutqiy buzilishlari natijasida kelib chiqish
ehtimoli bo’lgan ikkilanichi nuqsonlarning oldini olish, nutqidagi buzilishlarni o’z
vaqtida aniqlash pedagog va ota- onalar o’rtasida korrektsion-logopedik bilimlarni
tashviqot qilish. O’quvchilar bilan logopedik puntkda korrektsion ishlar butun
o’quv yili davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik
o’ta jiddiy bo’lsa o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Bunda
o’quvchi bilan davolash-sog’lomlashtirish va psixologik - pedagogik ishlarni birga
olib borish nutqiy buzilishni tuzatishning muhim sharti hisoblanadi.
Logopedik yordam ko’rsatish sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta’minlash
tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik
dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo’lib, bu erda nutqida buzilishi
bo’lgan bolalarga logopedik yordam ko’rsatiladi. Eshitish qobiliyati buzilgan
o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari,
ularni turlarga ajratish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada
nuqsonli bo’lgan bolalar ko’pchilikni tashkil etadilar. Eshitish — borliqni tovushli
hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va
farqlash qobiliyati. Eshitish eshitish organi voki tovush analizatori (tovush ta’sirini
qabul qiluvchi va airatuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyatining buzilishi ko’p hollarda muddatli bo’ladi. Masalan,
o’rta qulog’ning tashkil topishi. shamollash, oltingugurt to’siqlarining yuzaga
kelishi, tashqi va o’rta qulog’ining anomal tuzilishi (quloq suprasining bo’lmasligi
yoki etarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yo’llarining bitib qolishi, quloq
pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy meditsina ularni
davolashning samarali metodlariga ega. Ularqatoriga konservativ va operativ
metodlami kiritish lozim. Odatda samarali davolash, ba’zan uzoq vaqt davolash
tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi.
Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og’rish,
zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo’lishi mumkin.
Qulog’i og’irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko’ra: nasliy tug’ma va kelib
chiqqan tarzda turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining buzilishiga olib
keluvchi sabablar orasida quyidagilari alohida ko’rsatiladi: homiladorlikning
birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan og’rishi (qizamiq, kor, gripp.
gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug’ma nuqsonlari (masalan, labi va
tanglayidagi yoriq), chala tug’ilish, kichik vaznli tug’ilishi (1500 dan kam) hamda
yomon tug’ilishi kabilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida
onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul
qilishi ham sabab bo’lishi mumkin. Karlikning nasliy o’tishi holati juda kam
kuzatiladi.
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;
- eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;
- eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.
Yuqorida ko’rsatilgan mezonlarga ko’ra eshitish qobiliyatining buzilishi
qulog’i og’irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi.
Karlik bu eshitish qobiliyatining qattiq yo’qotilishi bo’lib, bola mustaqil
ravishda nutqni egallay olmaydi va qulog’iga juda yaqin masofadan gapirilganda
ham aniq eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan nutqning ba’zi
tovushlarini qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati saqlanib qoladi.
Qulog’i og’irlik - bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan
kam) bo’lib, eshitish qobiliyati qoldig’i yordamida qulog’i oldida baland ovoz
bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini mustaqil
ravishda egallay oladi.
Karlar va qulog’i og’irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli
bo’yicha farq qiladilar. Karlar so’z nutqini ko’rib (suhbatdoshining lablari va
yuziga qarab) va eshitib ko’rish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) qabul
qiladilar.
Yomon eshitadiganlar atrofdagilar bilan tabiiy munosabatlar jarayonida
baland ohangda so’zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o’rta ta’lim
maktablarida korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va
tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug’ullanadi. Surdopedagogika
(yunoncha «surdus» — kar) — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va
tarbiyalash jarayonini o’rganuvchi korrektsion (maxsud) pedagogikaning yana bir
muhim sohasi.
Eshitish analizatorining normal ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun
alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Eshitish analizatori buzilganda bolaning nutqi,
psixologik rivojlanishi yomonlashadi, idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi
ortda qoladi. Statistik ma’lumotlariga qaraganda eshitish organi funktsiyasi
buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda.
Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi:
eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari. shuningdek,
eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko’ra ularni o’qitish qonuniyatlarini
pedagogik jihatdan o’rganish;
eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim
mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish;
eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o’qitishning didaktik va maxsus
metodikalarini yaratish;
qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha maxsus ta’lim
texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va
boshqalar.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitish qobiliyati bir oz pasaygan
bolalar o’qishi mumkin. O’qituvchi bola tomonidan darsda bildirilayotgan fikrlarni
yaxshi eshita olishiga e’tibor berishi. buning uchun bolani birinchi yoki ikkinchi
Dostları ilə paylaş: |