Erta ko’r bo’lib qolganlar.
Uch yoshidan keyingi ko’r bo’lib qolganlar.
Ommaviy maktablarda, ta’lim olganda yomon ko’ruvchi
bola jiddiy
qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi kabi
xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o’ziga xos
belgilarini bilib olishda ma’lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar satrlar, harflar
va raqamlarni adashtiradilar. Bular o’qish texnikasini egallab olish, o’qilganlarning
mazmunini tushunishga xalaqit beradi. Oddiy maktabda yomon ko’ruvchi bolalar
doskada nima yozilganligini ko’rmaydilar. qarab bajariladigan ishlarni tashkil
etishda yomon ko’radigan bolalar tez charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini
pasaytiradi. Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa yomon ko’radigan bolani
o’z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish
uchun PMPKga yuborishdan iborat. Yomon ko’radigan bolalarni o’qitish va
tarbiyalash asosan maxsus (korrektsion) maktablarda amalga oshiriladi.
Ko’rish qobiliyati
buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o’rta ta’lim
inaktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash. Ko’rish qobiliyati buzilgan
bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha
«tiflos» — ko’r) — korrektsion pedagogika (defektologiya)ning yana bir sohasi
shug’ullanadi.
Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o’qituvchi
korrektsion ishlarning o’ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
Refraksiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko’zoynak taqishlari kerak.
Lekin ko’zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda
bo’lishlariga muhtojlik sezadilar. Maktabda va uyda o’quv ishlarini bajarishda
sanitar-gigienik talablarga amal qilish lozim. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola
uchun ish o’rni to’g’ri va etarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola deraza
yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o’tkazilishi kerak. Yaqinni ko’radigan bola
ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o’tkazilishi zarur. Uzoqni
ko’radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o’tkazilishi talab
etiladi.
O’qituvchi o’quvchining doska, jadval va xaritadagi o’quv
materiallarini
qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak.
Anomal refleksiyali bolalarda ko’zi charchashi ko’p kuzatiladi. Shuning uchun
dars paytida ularga ko’rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg’unlashtirib berishi
zarur. Anomal refleksiyali bola 10-15 minut davomida intensiv ko’rish ishlarini
bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak, bu
ko’rish charchog’ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko’rish qobiliyati ancha og’ir bo’lgan — ko’r va yomon ko’radigan
bolalarni o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko’rish
qobiliyati og’ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul
qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish
zaruriyati yuzaga keladi.
O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar
bolaga differentsial yondashuv asosida munosabatda boMishlari zarur. Buning
uchun sinfdagi o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi,
sinf xonasi yaxshi
yoritilgan, ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa qo’shimcha
yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi
katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur.
O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi
kerak.
Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning
individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan
tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish.
Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari.
Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda
muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tayanch-harakat apparati
funktsiyalarining buzilishi tug’ma voki orttirilgan bo’lishi mumkin. Tavanch-
harakat apparati patologiyasi quyidagi turlaiga ajratiladi:
- nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BTSP), poliomielit);
- tayanch-harakat apparatining tug’ma patologiyasi; sonning tug’ma
chiqqanligi; bo’yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa
nuqsonlari; umurtqa pog’onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo’l
yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo’li barmoqlarining
anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug’ma mayiblik);
- orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat
apparatining zararlanishi; orqa
miya, bosh miya va qo’l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit;
skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet
tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo’lgan bolalarda asosiy buzilish
harakatlanishdaai nuason hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 %
ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va
nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo’ladi. Shu bois
bu kabi bolalar nafaqat
davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik
korrektsiyaga ham muhtoj bo’ladilar.Harakatlanish buzilishlari o’rtacha darajada
bo’lgan bolalar yurishni o’rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar,
ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining engil shaklida
bolalar uyda va ko’chada mustaqil, qo’rqmay yura oladilar, o’zlariga to’la xizmat
ko’rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: