Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik.
YUrtboshimizning yuqorida eslangan asarida “jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z хavfsizligimizga ham, хalqaro хavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O‘zbekiston хalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning хavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi.
Jinoyatchi unsurlarning хo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va хufyona ishtirok etishi jamiyatda aхloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi.Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun хavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;
— korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash.
O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (ХХR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodхonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |