Qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hi- sobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirishga erishish lozim.
Xarajatlarni kamaytirishning asosiy manbai birinchi tartibdagi tarmoqning egri chizig‘ida optimal ishchi nuqtasini tanlash, ya’ni ishlab chiqarish hajmining optimal belgisini ifodalash (miqyosning ishlab chiqarish samaradorligi), ilgarilash va sotish (miqyosning marketing samarasi). Shuning uchun ilmiy tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlarni kamaytirish yoki mavjud bo‘lgan texnologiyalar doirasida arzonroq va past sifatli xomashyo- larga o‘tish kabi chora-tadbirlar xarajatlarni minimallashtirish strategiyasini amalga oshirish usullariga taalluqli bo‘la olmaydi.
Odatda, ko‘pgina tarmoqlarda, mahsulotning minimal solishtirma tannarxiga erishilganda ishlab chiqarish hajmi katta, shuning uchun nisbatan yirik tashkilotlar seriyali ishlab chiqarishni, ommaviy ilgarilash va savdo qilishni tashkil etgan holda miqyos samarasining afzalliklariga ega bo‘la oladilar. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, har ikki (radikal va yaxshilovchi) turning texnologik innovatsiyalar birinchi tartibdagi strategik tarmoqning egri chizig‘idagi parametrlarga muhim ta’sir ko‘rsatadi, masalan, ekstremumni koordinata boshiga siljitadi.
Quyida xarajatlarni minimallashtiravchi manba natijasi hisob- lanuvchi, xarajatlarni minimallashtirish strategiyasidan foyda- lanishga ijobiy ta’sir etuvchi omillar keltirilgan:
tarmoq yetarlicha standartlashtirilgan tovar ishlab chiqaradi va differensiasiya imkoniyatlari cheklangan;
talab narx bo£yicha moslashuvchan (elastik)dir;
tovar iste’molchjlarining boshqalariga o‘tish ehtimolligi katta.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, ya’ni yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, mahsulotlar assort imentini ko'paytirish va mahsulotlar tannarxini kamaytirish orqali raqobat- bardoshlikni mustahkamlash va oshirishga erishish mumkin bo‘ladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz rahbari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming material va eneigiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotganiga katta e’tibor qaratmoqdalar.
Ma’lumki, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarfla- nayotgan yoqiig‘i-energiya resurslari miqdorini kamaytirish bu mahsulotlar tannarxining pasayishiga, ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligi ortishiga olib keladi, bu resurslarni kelajak avlodlar uchun tejash imkoniyatini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘z asarlarida «Inqirozga qarshi choralar dasturi»ning konkret bo‘limlari — belgilangan kompleks chora-tadbirlarhaqidato‘xtalib olib, mazkur chora-tadbirlar orqali hal etilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalarni belgilab berdilar.
Real sektor korxonalarini qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari
Birinchidan — korxonalami modemizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy,
moslashuvchan texnologiyalami keng jofiy etish. Bu vazifa, awa- lambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarb eksportga yo'naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quwatlariga tegishlidir. Shunga ko‘ra, ushbu tarmoqlardagi korXonalarni bir qator asosiy yo‘rmiishlar bo‘yicha qoiiab-quvvatlash amalga oshirish maqsadga mavofiqdir (3.4-rasm).
Ikkinchidan, qat’iy tejamkorlik tizimiga riya etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxird kamaytirishni rag'bar- lantirish hisobidan korxonalaming raqob^doshligini oshinsh. Shu maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlafning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida JO- 12 foiz tushirishga qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullanganini qayd etish lozim.
Buning uchun har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyat yo‘nalishi bo'yicha tannarxni pasaytirish omillari to‘g‘risida keng va chuqur tasawurga ega bo‘iishi lozim. Umumiy holda, mam- lakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘na- lishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir (3.5-rasm).
Xarajatlarni minimallashtirish strategiyasining afzalliklarini oldingi bobda ko‘rilgan Maykl Porter tomonidan taklif etilgan raqobatning besh kuchi modeli asosida ko‘rish mumkin. Ular quyidagilardir:
boshqa tarmoqlaming tashkilotlari tomonidan raqobat.
Minimal xarajatlarga ega bo‘lgan tashkilot tarmoqdagi bevosita
raqiblarga nisbatan, boshqa teng sharoitlarda, yuqori savdo rentabeffigiga ega bo‘ladi. Agar bunday tashkilot tarmoqda maksimal bozor ulushiga ega bo‘lmasa, katta rentabellik hisobiga maksimal bozor ulushiga ega bo‘la oladi. Shuningdek, bunday tashkilot xaridorlarga nisbatan kuchli mavqega ega, chunki bozorda ulardan boshqa hech kim uzoq muddatda nisbatan past narxlami taklif eta olmaydi.
Model doirasida ta’minotchilarga nisbatan aniq gap aytish mumkin emas, chunki ayrim holatlarda minimal xarajatlarga, asosan ta’minotchilar bilan qulay munosabatlar evaziga erishiladi. Boshqa tomondan, tashkilot ta’minotchilarga kuchli bog'langan, chunki ular oxirida, muvaffaqiyatni, asosan, tashkilot tomonidan tanlangan xarajatlarni minimallashtirish strategiyasi belgilashini tushunadilar. Biroq tashkilot ulushi boshqa tarmoq tashkilotlaridan sezilarli ortsa, u ta’minotchilarga ma’lum darajada o‘zining shart- larini qo‘ya oladi.
Bunday tashkilotlar salohiyatli raqobatchilaiga nisbatan ocz holatidan kelib chiqib, kuchli mavqega ega, shunday bo‘lsa-da, agar raqobatchilar yangi va nisbatan samarali texnologiyalar bilan tarmoqqa kirib kelsa, ular sezilarli kuchsizlanishi mumkin.
0‘mini bosuvchi tovarlarga nisbatan minimal xarajatga ega tashkilotlar mavqei o‘rnini bosuvchi tovarlarning raqobatbar- doshligi tashkilotdagi shunday tovarlar bilan teng kabi holatlami istisno qilib sezilarli afzalliklarga ega emas.
Xarajatlarni minimallashtirish strategiyasini tanlagan tashkilotlar tarmoq texnologiyalaridagi va iste’molchilarning tanlov- laridagi o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Shu- ningdek, qulay muddatlarda zarur modernizatsiyani amalga oshirishga tayyor turishlari yoki ishlab chiqarish quwatlarini butunlay almashtirishlari yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari nomenklaturasiga tuzatishlar kiritishlari lozim, aks holda ular muvaffaqiyatsizlikka uchrashlari mumkin.
Quwatlar yuklanmasi kattaligiga xarajatlarni minimallashtirish strategiyasini tanlagan tashkilotlar zaifroqdir. Odatda, optimal yuklanma 70—75 foiz hisoblanadi. Katta yuklanmada uskunalar eskirish sur’ati noproporsional oshib boradi, kam yuklanmada esa mahsulot tannarxi birdaniga oshib ketadi.
Xarajatlarni minimallashtirish strategiyasiga xos kamchiliklar ishlab chiqarish moslashuvchanligini oshirish yo'li bilan bartaraf etiladi. Xarajatlarni minimallashtirish strategiyasining asosiy zaifligi differensiasiya strategiyasi bilan nisbatan qarama-qarshiligi hisoblanadi, ya’ni mahsulotlarning ko‘p sonli modifikatsiyasini ishlab chiqarishdir, bu — ishlab chiqarishning yetarlicha ahamiyatli hajmi natijasida miqyosning ishlab chiqarish samaradorligi to‘liq afzallikka erishishi bilan izohlanadi. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi kuchli diversifikatsiyalangan mahsulot yo‘na- lishlariga ega bo‘lsa, ular har doim ham minimal solishtirma xarajatlarga erisha olmaydi. Bu qarama-qarshiliklar quyidagilami ko‘zlaydigan moslashuvchan ishlab chiqarishdan foydalanishda asosiy ahamiyatga ega emas:
mahsulotlarning turli modifikatsiyasirii ishlab chiqarishda qayta qurishning past xarajatlari va ishlab chiqarish quwatlarini qayta yo‘lga qo'yish;
ishlab chiqarishning nisbatan katta bo‘lmagan hajmida miqyosning ishlab chiqarish samarasini namoyon etishning maksimalligiga erishish.