Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va ularning tarkibi
Xarajatlarni kamaytirish orqali raqobat ustunlikga erishish.
Iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifalari va unda qo‘llaniladigan usullar.
Bozor iqtisodivoti sharoitida har bir korxonaning oldida turgan maqsadi faoliyat yuritishdan foyda olish hisoblanadi. Foydali (samarali) faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar mamlakat iqtiso- diyotining rivojlanishida asosiy tayanch bo‘ladi va muhim rol o‘ynaydi. Zarar bilan faoliyat yuritayotgan korxonalar salbiy ta'sir qilib, zaiflashishiga sababchi bo‘ladi.
Shuning uchun ham faoliyatning pirovard natijasini foyda shaklida namoyon boMishiga erishish imkoniyatlarini aniqlash yo‘llarini yaxshi bilib olish va ulardan oqilona foydalanish zarur.
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo'Iayotgan barcha ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo4ish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi. Obyektda sodir bo'ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statis- tika kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlarda jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa, aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi1.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti— xo'jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘- layotgan va bo£ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlanii ma’Iumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yollarini ishlab chiqishni o‘ganishdan iboratdir.
Tahlilning predmetida obyektiv va subyektiv omillar alohida o‘rin tutadi, chunki iqtisodiy jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘l- maydi. Ular ma’lum ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ro‘y beradi. Shu omillar ta’sirini boshqa fanlar o‘rgatmaydi. Bu faqat tahlil fanida o‘rganiladi va uning predmetining asosini tashkil qiladi. Korxona faoliyatining ichki muhit tahlilini amalga o&hirganda, uning moliyaviy iqtisodining holati, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot (xizmatlami) sotish kanallarini tashkil etilganligi, boshqaruv tizimining samaradorligi kabilar o'rganiladi (3.1-rasm),
Tahlil qilishdan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. Bu esa sodir bo‘lgan va bo‘layot- gan jarayonlarga to‘g‘ri baho berib, bo‘ladigan jarayon andozasini ham chizib berishni taqozo qiladi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar natijasi ko'rsatkichlarda ifodalanadi. Ko‘rsalkichlar esa, ma’lumotlar manbaida (reja, me’yor va hisobot) o‘z aksini topadi.