7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash Reja


Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 38,67 Kb.
səhifə4/8
tarix27.03.2023
ölçüsü38,67 Kb.
#90509
1   2   3   4   5   6   7   8
7 mavzu SM

7.4. Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar
Sertifikatsiyalash tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

  • Sertifikatsiya o’tkazish uchun qaror va ariza deklaratsiya berish;

  • Sertifikatsiyalashtiriladigan maxsulotlardan tajribalar o’tkazish uchun namunalar olish. Me’yoriy xujjatlar bo’yicha namunalar olish miqdorini belgilash.

  • Maxsulot yoki ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish sxemasini tanlash;

  • Olingan natijalarni taxlil qilib muvofiqlik sertifikatini berish to’risida qaror qabul qilish;

  • Davlat standarti ro’yxatidan maxsulotni o’tkazib, muvofiqlik sertifikatini berish;

  • Xalqaro sertifikatlash tashkilotlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish;

  • Sertifikatsiyadan o’tgan maxsulotning sifat ko’rsatkichlarining barqarorligini nazorat qilish;

  • Sertifikatsiya natijalarining axboroti;

  • Noroziliklarni ko’rib chiqish.

Sertifikatsiyalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatsiyaga tegishli tashkilotga ariza-deklaratsiya va unga qo’shimcha xujjatlar jo’natiladi. Tegishli arizani qabul qilgan tashkilot bir oy davomida xujjatlarni ko’rib chiqib, sertifikatsiyalashga oid talablarga mos kelishi to’risida qaror qabul qiladi, qaysi tartibda va kimlar tomonidan o’tkazilishi belgilanadi.
Tanlangan namunalar Milliy sertifikatsiyalash tizimining akkreditlangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Lozim bo’lsa sertifikatsiyalashtirish tashkiloti tajribalar o’tkazish uchun usulubiy ko’rsatmalar ishlab chiqishni tashkil eatadi.
Sertifikatlangan maxsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati shu maxsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.

  • me’yoriy texnik xujjatlardagi talablar o’zgarsa;

  • maxsulotning tarkibi va tuzilishi o’zgarsa;

  • tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa;

  • sifatni ta’minlovchi sistema, texnologiya, sinash uslublari o’zgarsa.

Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar muvofiqldik sertifikatini berish to’xtatib turiladi. SHu muddatda xam axvol o’zgarmasa, muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini qo’yish quyidagi xollarda xam bekor qilinadi:

  • maxsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo’lmasa;

  • ishlab chiqaruvchi o’zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo’ysa;

  • ishlab chiqaruvchi sertifikatni vaqtincha to’xtatib qo’ygandan keyin muddatni uzaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa;

  • maxsulotni ishlab chiqarish to’xtatilgan bo’lsa.

Sertifikatsiyalashtirish tashkiloti bu xaqda rasmiy axborot beradi va mazkur maxsulot ishlab chiqarish sertifikatini davlat ro’yxatidan chiqaradi. Axborot bilan ta’minlash sertifikatsiyalash tashkiloti ishtirokchilari bilan xamkorlikda amalaga oshiriladi.



Yüklə 38,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin