7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash Reja


Sertifikatlash sistemasining turlari



Yüklə 38,67 Kb.
səhifə2/8
tarix27.03.2023
ölçüsü38,67 Kb.
#90509
1   2   3   4   5   6   7   8
7 mavzu SM

7.2. Sertifikatlash sistemasining turlari
Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya o’z-o’zini sertifikatlash va uchinchi tomon orqali sertifikatlashga bo’linadi.
O’z-o’zini sertifikatlashda muvofiqlik sertifikatlari tayyorlovchilar tomonidan beriladi. Ularda, oqibatda, korxonani nomi, maxsulotning sertifikatlashga tegishli bo’lgan tavsiflari ro’yxati, qabul qilingan maxsulotlar partiyasini tartib raqami, shuningdek mana shu maxsulotga nisbatan amaldagi me’yoriy-texnikaviy xujjatlar ko’rsatiladi.
O’z-o’zini sertifikatlashda quyidagilarga asoslanadi:

  • maxsulotga nisbatan aniq va to’liq ma’lumotlarning (standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy texnikaviy xujjatlarning) bo’lishi;

  • korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va yarimfabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor maxsulot, uni o’rash-joylash bo’yicha;

  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan muvofiqlik arizasiga ko’ra maxsulotning standart shartlariga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishiga to’liq mas’uliyatni, javobgarlikni tan olish. Bunda yuridik yoki administrativ mas’uliyat emas, balki iste’molchilar oldidagi ma’naviy mas’uliyat, sifatning nomuvofiqligi sababli bozorda o’z maxsulotiga nisbatan talabni yo’qotib qo’yish xavfi mas’uliyati nazarda tutiladi. Umuman olganda firmaning nufuzi uchun javobgarlik nazarda tutiladi.

O’z-o’zini sertifikatlash AQSH, Kanada, Germaniya, Gollandiya va boshqa ko’pgina xolatlarda keng tarqalgan. Bu davlatlarda ko’p xollarda ishlab chiqaruvchi korxona maxsus o’rash joylash ishlarini amalga oshirish yoki maxsulotning milliy standartlarga javob berishini tasdiqlovchi sertifikatlar berish orqali uning sertifikatlashtirilganligini ko’rsatadi.
O’z-o’zini sertifikatlashdan farqli ravishda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalashtirish betaraf tomon orqali amalga oshiriladi.
 baxolash ishlarining sertifikatlashtirishning amaldagi qoidalariga muvofiq xolda to’ri amalga oshirilganligini baxolash va tasdiqlash;
 namunalarni sinovdan o’tkazish;
 ishlab chiqarishning texnologik jarayoni xolatini nazorat qilish;
ISO 9000 ga muvofiq sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirishning 8 ta sistemasi mavjud. Ular maxsulot sifatini aniqlash va ta’minlash ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar maxsulot namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga
asoslanib, ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar maxsulot namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga asoslanib, nazorat ishlari xajmining o’sib borishi bilan tavsiflanadi. 6-8 sistemalar o’zaro bog’lanmagan, 1-5 sistemalarga xam bog’liq emas.
1-sistema. Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida maxsulotni umumiy xolda sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda faqatgina namunaning tegishli standart va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi o’rnatiladi.
2-sistema. Bunda 1-sistemadan farqli ravishda savdo soxasidan olingan maxsulot namunalarini vaqti-vaqti bilan nazorat sinovidan xam o’tkaziladi. Sertifikatlashning ushbu sistemasi iste’molchilarga sifatsiz maxsulot yetkazilishi oldini olish imkonini beradi.
3-sistema. Bu sistemada, 2-sistemadan farqli nazorat sinovlari vaqti-vaqti bilan maxsulot savdo soxasiga borib tushmasdan o’tkaziladi. Bu esa standartlarga javob bermaydigan maxsulotlarning jo’natilishining oldini oladi.
4-sistema. Sertifikatsiyalash sistemasining asosida 1-3 sistemalarida nazarda tutilgan namunalarning vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat sinovlari yotadi. Ushbu sistema yaroqsiz maxsulotning sotib olinish extimolini kamaytiradi. Ammo bunda maxsulot sifatini nazorat qilish ishlarining xajmi ortadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 1-4 sistemalar maxsulotlarni standartlar shartiga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga muvofiqligini attestatsiyadan o’tkazish uchun tavsiflidir.
5-sistema. Sertifikatlashning bu sistemasi 4-sistemadan farqli qo’shimcha ravishda ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyati va ishlab chiqaruvchi korxonani attestatsiyadan o’tkazishni ko’zda tutadi. Bunday sistema faqatgina maxsulotning sifatini o’rnatibgina qolmay, balki korxonaning talab etilayotgan sifat darajasida maxsulot ishlab chiqara olish imkonitini xam baxolashga imkon beradi. 5-sistema xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarida va sanoat rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan.
6-sistema. Ushbu sistema faqatgina ishlab chiqaruvchi korxonada maxsulot sifatini ta’minlash sistemasini ta’minlashni amalga oshirishgagina asoslangan. Ba’zi xollarda uni korxonani attestatsiyadan o’tkazish deb xam ataladi. Bu sistema standart tugallangan maxsulotga nisbatan shartlarni qanoatlantirmay, faqatgina ishlab chiqarish turiga nisbatan shartlarni o’rnatganda qo’llanadi.
7-sistema. Ushbu sistema xar bir tayyorlangan maxsulotlar partiyasidan tanlanmalarni sinovdan o’tkazishga asoslangan. Sertifikatsiyalashning bu turi uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlarning xajmi va o’rnatilgan sifat darajasiga bog’liq xolda tanlanmaning xajmini aniqlash muximdir.
8-sistema. 7-sistemadan farqli xar bir ishlab chiqarilgan maxsulotning standartlar shartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bu sistemada maxsulot sifatiga nisbatan qat’iy shartlar qo’yilib, ularning tegishli standartlardan biroz bo’lsada chetlanishi iste’molchiga katta zarar yetkazishi mumkin bo’lgan xollarda qo’llaniladi.
Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo’lib xizmat qiladi:

  • Tovar ishlab chiqaruvchining imkoniyatlariga, import qiluvchi davlat qonunlariga, iste’mol shartlariga javob berishi to’risida xulosa chiqarish mumkin bo’lgan kriteriylarni tanlash;

  • Sertifikatsiyalash tashkilotining reputatsiyasi, uning kompetentligi, shuningdek sinov o’tkazuvchi davtgoxlar va o’lchov asboblarini takomillashtirish;

  • Texnologik jarayonlar va sifatni boshqarish sistemasini qo’llashning muqimligi;

  • qabul qilingan sertifikatsiyalash printsiplarini boshqa sertifikatsiya-lash sistemalari printsiplari bilan o’zaro taqqoslash mumkinligi;

7.3. Sertifikatsiyalash tashkilotlari

Sertifikatsiyalash sistemasining murakkabligiga qarab uchinchi tomon turli tashkilotlarining bo’lishi nazarda tutiladi. Birinchi sistemada keltirilgan namunalarni faqatgina tipik sinov, o’tkazilganda, faqat bitta sertifikatsiyalash tashkilotiga ega bo’lishi yetarlidir. SHu bilan bir vaqtda 5-sistemada sertifikatsiyalash tashkiloti bilan bir qatorda standartizatsiyalash va nazorat qilish tashkilotlari sistemasida ishtirok etishi xam talab qilinadi.


Umumiy xolda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasining tashkiliy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin. 3.01-rasm.



Qonun chiqaruvchi soha




Savdo sohasi




Iste’mol sohasi









































































Sertifikatlash







Milliy




Standartlash































tashkiloti







metrologik




bo’yicha milliy



















xizmat

































































































Nazorat qilish










Sinov laboratoriyalari







tashkiloti
























































Yüklə 38,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin