Ishlab chiqaruvchi korxona 1-rasm. Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasining tashkiliy tuzilishi
Sertifikatlash tashkiloti sistemaga va uning faoliyatiga boshchilik qiladi:
ayrim maxsulotlar sifatini nazorat qilishni mamlakatimizda joriy etilgan qonuniyatlar vanormativ aktlar bo’yicha tashkil etish;
savdo soxasi va maxsulotningiste’molchilaritomonidan ilgari surilayotgan standartlarbo’yicha shartlarga rioya qilish majburiyatlari bo’yicha.
Sertifikatlash tashkilotlarining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
qabul qilingan sistema chegarasida sertifikatsiyani amalga oshirish tartibini ishlab chiqish;
sertifikatlash sinovlarini amalga oshirish uchun sinov laboratoriyalarini attestatsiyadan o’tkazish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda maxsulot sifatini ta’minlash sistemalarini
baxolash;
korxonalarni sertifikatsiyalash sistemalariga kiritish to’risida qaror qabul qilish;
muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik belgisi bilan maxsulot ishlb chiqarishni kafolatlaydigan litsenziyani berish;
sertifikatsiyalanadigan maxsulotlar ro’yxatini olib borish;
sertifikatsiyalanayotgan maxsulotning sifati to’risidagi munozaralarni ko’rib
chiqish.
Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalari quyidagi xolatlarda tuzilishi mumkin: ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalarida;
maxsulotning asosiy iste’molchilari yoki iste’molchilar guruxi qoshida; standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarda;
yuqori xalqaro nufuzga ega xususiy tashkilotlar bilan;
keng savdo shoxobchalariga ega bo’lgan yirik savdo tashkilotlarida;
Sertifikatlash sistemasining muxim tarkibiy elementi bo’lib, korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot xisoblanadi. Bundan tashqari, u sertifikatlash tashkilotlari laboratoriyalarida sinovni tashkil etishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatlash – bu maxsulotning ma’lum standartlarga yoki texnik shartlarga muvofiqligini xujjatlar bilan tasdiqlashdir. Muvofiqlikning 3 ta ko’rinishi o’rnatilgan:
- muvofiqlik to’risida ariza;
- muvofiqlik attestatsiyasi;
- muvofiqlik sertifikatsiyasi.
M axsulotning standartlar shartiga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi.
O’z-o’zini sertifikatsiyalashda muvofiqlik sertifikatlari ishlab chiqaruvchilarga beriladi, uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash esa xolis tomonning ishtirokida amalga oshiriladi.