7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash Reja


Sertifikatlashning tashqi savdo xolatiga ta’siri



Yüklə 38,67 Kb.
səhifə5/8
tarix27.03.2023
ölçüsü38,67 Kb.
#90509
1   2   3   4   5   6   7   8
7 mavzu SM

7.5. Sertifikatlashning tashqi savdo xolatiga ta’siri.
Sertifikatlashtirish davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini yengillashtiradi, maxsulotni import qilinayotgan davlatlarda qayta sinovdan o’tkazish, tashish xarajatlari qisqaradi. Yagona xalqaro standartlar birliklariga amal qilishga asoslangan xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarini joriy etilganda, ish yanada osonlashadi.
Ammo, ko’pchilik davlatlarda sertifikatlashtirish milliy chegaralarda kiritilgan. Natijada sertifikatlashning milliy qoidalari, sinovlarni o’tkazish tartibi va natijalarni ifodalashda farq yuzaga keladi. SHuning uchun xam milliy sertifikatsiyalash bilan bog’liq bo’lgan xalqaro savdodagi nomuvofiqlikni yo’qotish ko’pchilik xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidadir.
Shu bilan bir qatorda sertifikatlash va standartlashning milliy qoidalaridagi farqlar, shuningdek, ayrim maxsulot turlariga nisbatan qo’yilgan talablardagi ob’ektiv farqlar ba’zi mamlakatlarda protektsionistik maqsadlarda, ya’ni chet ellik ishlab chiqaruvchilarga bu mamlakatlarning bozoriga kirib kelishlarining yo’lini yopish yo’lida xam foydalanmoqdalar.
Chet el maxsulotlarining ichki bozorga kirib kelishining oldini olishda standartlardan foydalanishning oldini olishga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:

  • ma’lum konstruktsiyadagi buyumlarni standartlar orqali tavsiflash;

  • ma’lum bir materiallarni qo’llash;

  • buyumning qandaydir tavsifi miqdorini boshqa davlatlarda qabul qilinganiga nisbatan yuqoriroq ko’tarish (masalan, kafolatli xizmat ko’rsatish muddatini).

Bunday protektsionizm to’risida Germaniyaning ulgurji va tashqi savdo Ittifoqining Prezidenti Gans Xaytvich shunday degan: «O’z iqtisodini zararli raqobatdan ximoyalashni kuchaytirishda davlatlar judayam ixtirochi bo’ladilar. Bugungi kunda umumiy bozor mamlakatlarida 900 dan ortiq savdo aloqalarining o’rnatilishiga xalal beradigan davlat texnikaviy reglamentlarining mavjud. Ular davlatlarning ichki bozoriga chet el maxsulotlarining kirib kelishiga qarshilik qiladi, xamda o’z maxsulotini chet el maxsulotlari raqbatidan asrashga yordam beradilar.»
Ba’zi xollarda protektsionistik choralar jamoatning talabiga ko’ra amalga oshiriladi. Bunday xolatda iste’molchilar qiziqishini ximoya qilish, ularning sog’lig’ini, atrof-muxitni ximoya qilish uchun qonuniy aktlar va qarorlar qabul qilinadi.
Chet el tovarlari diskriminatsiyasi uchun ularning sertifikatsiyalash sinovlarini o’tkazishga milliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qo’llanadigan xaq yuqori qilib belgilanadi. Natijada, sertifikat olish uchun yuqori xaq to’lash, ko’pincha maxsulotni eksport qilishni samarasiz bo’lishiga olib keladi.

Yüklə 38,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin