7.6. Sertifikatsiya va xalqaro savdo Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya, ko’p xollarda chet ellik raqobatchilarga nisbatan protektsionistik siyosat sifatida qo’llanadi. SHunga qaramasdan sertifikatsiyaning asosiy maqsadi – bu xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Tabiiyki, bu maqsadni amalga oshirish uchun tegishli xalqaro kelishuvlar zarur. Bu borada «Tokio raund» (1979y) da tuzilgan GATT savdodagi texnikaviy to’siqlar bo’yicha Kelishuv ayniqsa axamiyatga ega. Kelishuv davlatlar o’rtasidagi savdo aloqalarida protektsionizm va diskriminatsiyani cheklash uchun qo’yilgan birinchi qadamdir. U GATT ga kiruvchi davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklatadi:
Texnikaviy reglament va standartlarni protektsionistik maqsadlarda qo’llamaslik, ularni ishlab chiqishda amaldagi xalqaro standartlarni e’tiborga olish;
Milliy sinov markazlari va maxsulotni sertifikatsiyalash sistemalariga boshqa davlatlar ishtirokchilarini ruxsatnoma bilan diskriminatsiya qilmaslik;
Ishtirokchi mamlakatlar tovarlariga standartlar va texnikaviy reglamentlarni joriy etish bo’yicha milliy tartibni yaratib berish;
Ishtirokchi mamlakatlar davlat tashkilotlari tomonidan maxsulotni sinovdan o’tkazish natijalarini, kelishuvga qo’l qo’ygan boshqa tashkilotlar va muvofiqlik belgilarini tan olinishini ta’minlash;
Ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida milliy standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish bo’yicha ma’lumotlarni o’zaro almashuvini amalga oshirish.
Kelishuv milliy standartlar, texnikaviy reglamentlar sertifikatlash qoidalarini xalqaro standartlar va ko’rsatmalar bilan moslashuviga imkon beradi. Bu esa maxsulotning texnikaviy darajasi va sifatini yaxshilashga, uning eksport quvvatini oshirishga imkon beradi. Umuman olganda Kelishuv ishtirokchi davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdo aloqalarini normalashtirish va kengaytirish imkonini beradi.
Kelishuvning bajarilishini nazorat qilish GATT qo’mitasiga yuklatilgan. U Kelishuvning amalga oshirilishini nazorat qiladi, ekspertlar guruxi yordamida tortishuvlarning yechilishiga, maslaxatlar o’tkazishiga imkon yaratadi. Sertifikatsiyalash bo’yicha bir qator xalqaro tashkilotlar mavjud. Ulardan elektron-texnika buyumlarini sertifikatsiyalash sistemasining (IET) Xalqaro iqtisodiy qo’mitasi (MEK) ikki tomonlama axamiyatga ega:
Birinchidan, u xar bir tayyorlangan IET partiyasini tegishli me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga muvofiq xolda sinovdan o’tkazadigan yagona xalqaro sistemadir Ikkinchidan, unda sobiq SSSR davlatlari ishtirok etadilar. MEK sertifikatsiyalash sistemasining asosiy maqsadi IET ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdoga ularga nisbatan yagona shartlarni o’rnatish orqali imkon berish.
Bu sistemaga kiruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar boshqa barcha ishtirokchi davlatlarda qayta sinov o’tkazilmasdan ishlatilishi mumkinligini ko’rsatadi.
Boshqa MEK Farbiy Yevropa IETiga nisbatan raqobatbardosh bo’lgan Amerikaning IETiga diskriminatsiya maqsadlarida tuzilgan edi. Keyinchalik MEK da butun dunyo miqyosida IET sertifikatsiyalash sistemasini tuzish masalasi paydo bo’ldi.
Har qanday IET ishlab chiqaruvchi korxona MEK sistemasi chegarasida ishlab chiqargan maxsulotlarini sertifikatlash xuquqi uchun litsenziya olishi mumkin. Buning uchun u vakolatli milliy tashkilotga IETni tayyorlashda asos qilib olingan umumiy va guruxli texnikaviy shartlarni yuborishlari shart. Bunda korxona milliy nazorat xizmati vakillariga IETning ishlab chiqarish uchastkalariga kirish imkonini beradi. Sir saqlanadigan ishlab chiqarish uchastkalari korxonaning bosh nazoratchisining nazoratida bo’lishi kerak. Bosh nazoratchining asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Milliy nazorat xizmati bilan aloqani ta’minlash;
qabul qilingan IET partiyasining sifati uchun javobgarlik;
muvofiqlik belgisi bilan qabul qilingan maxsulotlar partiyasinining o’rash-joylash ishlari uchun javobgarlik;
chiqarilgan partiyalar sinovlarining protokollarini ifodalanishing to’riligi;
IET ni qo’shimcha sinov va nazoratdan o’tkazilishi uchun javobgarlik.
Ishlab chiqaruvchi korxona, MEK sistemasi chegarasida sertifikat olgach, bosh nazoratchining va milliy nazorat xizmatining ishtirokida maxsulot sifatini nazorat qilishni tashkil etishi kerak. Har bir partiyaning qabul qilinish kriteriyasi mazkur IET tipiga nisbatan texnik shartlar bo’yicha o’rnatiladi.
MEK Sistemasi qoidalariga muvofiqlik belgisi bilan o’raladi yoki ularga muvofiqlik sertifikati tayyorlanadi. O’rash va muvofiqlik sertifikatining berilishi bosh nazoratchining bevosita nazorati ostida beriladi. IET uzoq va vaqt saqlashdan keyin jo’natilsa, uni jo’natishdan oldin takroran sinov ishlari amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi davlat qonunlariga muvofiq qayd etilgan muvofiqlik belgisi o’rash uchun ishlatiladigan materialga yopishqoq lenta orqali tushiriladi. Muvofiqlik belgi yoniga quyidagi ma’lumotlar qo’yiladi:
Sertifikatsiyalash bo’yicha juda katta ishlar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) chegarasida sertifikatsiya bo’yicha qo’mita (SERTIKO) boshchiligida amalga oshiriladi. Uning faoliyat soxasi quyidagicha aniqlanadi:
milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini, muvofiqlik belgilarini, maxsulotning tavsifini yana kengroq, bir-birini tan olishga qaratilgan vositalarni o’rganish;
milliy yoki regional sertifikatsiyalash sistemalarini protektsionistik maqsadlarda foydalanilishiga barxam berish yoki cheklash maqsadida tegishli kelishuvlarni tuzish qoidalarini ishlab chiqish.
SERTIKO da quyidagi ishchi guruxlari tuzilgan: tushunchalar bo’yicha;
sinov protokollari formasi bo’yicha;
sinov laboratoriyalari tomonidan o’tkaziladigan malakali sinovlar bo’yicha;
yuridik javobgarlik masalalari bo’yicha; o ISOga muvofiqlik belgisi bo’yicha;
o Korxonalarda sifatni baxolash usullari bo’yicha.
SERTIKO «Tegishli standartlar va uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalariga
tegishli printsiplarni jamlash» ni boshqarishni ishlab chiqdi. U milliy xamda regional sertifikatsiyalash sistemalarini boshqa sistemalar bilan xamda boshqa davlatlarning ularda ishtirok etishi bilan o’zaro muvofiqligi nuqtai nazaridan tashkiliy printsiplarni o’rnatadi. Masalan, milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini tuzishda ular imkoni boricha ISO xalqaro standartlariga asoslanishi kerak. Bunda ushbu standartlar muvofiqlik sertifikatsiyasi shartlarini o’zida aks ettirishlari lozim:
Sertifikatsiyalanayotgan maxsulotning tavsiflari darajasini aniq o’rnatish;
Sinov va o’lchash ishlarini aniq amalga oshirish usullari;
Standartlarga maxsulot sifatini ta’minlash shartlarini kiritish;
Texnika va texnologiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi sharoitlar.
Raxbarlik qilish maxsulotning barcha ishlab chiqaruvchilarini yaratilayotgan sistemalarda xech bir diskriminatsion shartlarsiz ishtirok etishini ta’minlashning zaruriyligini nazarda tutadi.
U xalqaro savdoni sertifikatsiyalash vositalari, barcha mamlakatlarning sistemalarda erkin ishtirok etishini ta’minlash yo’li bilan rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatsiya davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini osonlashtiradi, import qilinayotgan davlatlarda maxsulotni qayta sinovdan o’tkazish ishlariga ketadigan xarajatlar qisqaradi.