e
Bolalar rasmdagi predmetlarning o‘lchamlarini
olishga qaraganda, tayyor
predmetlarning o‘lchamlarini olish vaqtida uncha qiynalmaydilar. Kundalik hayotda
olib borgan maxsus mashg‘ulotlar davomida bolalarni uzunlik o‘lchashni,
turli
usullarini o‘rganib oladilar. Enini o‘lchashga o‘rgatish vaqtida bolalarga o‘lchovni
predmetning kundalangiga qarab qo‘yganligini tushintirishning o‘zi kifoya.
Predmetning uzunligi va enini o‘lchash vaqtida olgan ko‘nikmalarini balandlikni
o‘lchash vaqtida qo‘llaydilar, shuning uchun bu o‘ulchovni olishda qiynalmadilar va
birinchi mashg‘ulotdayoq o‘lchovni to‘g‘ri ola boshlaydilar.
Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 6— 7
yoshli bolalar uzinlikni
o‘lchashni to‘la egallash qobiliyatiga egadirlar. Og‘irlik o‘lchamnni bolalar qanday
tushunadilar? Kuzatish va bolalarning javobi shuni ko‘rsatadiki, 6-7 yoshli bolalar
og‘irlikni tarozi orqali o‘lchash kerakligini biladilar.
Xaltacha (qop)larda qancha shakar bor degan savolga bolalar «Uni tarozida
tortish kerak» deb javob beradilar.
Bu savolga maishiy uy tajribasini ifodalovchi javoblar ham beradilar. M:
«Stakan bilan o‘lchash kerak». Bolalar shu narsalarning og‘irligi
uning toshi
ekanligini bilmaydi. Toshlar katta va kichik, og‘ir va engil bo‘ladi. Agar bolalarning
uzunlik va og‘irlik haqidagi bilimlari taqqoslansa, ularning og‘irlik
haqidagi
bilimlari ko‘p ekaniga ishonch hosil qilamiz. Bolalarning suyuqliklarning sig‘imi
haqidagi bilimlari juda past ekanligi aniqlangan. Bolalarning ko‘pchiligi ko‘zadagi
sutni qanday o‘lchashni bilmaydi. Ularni «santimetr» bilan, lineyka bilan, gradusnik
bilan deb javob beradilar. Bolalarning javoblari ularning suyuqliklarni, sochiluvchi
jismlarni o‘lchash haqidagi bilimlari yo‘qligini ko‘rsatadi. Bolalar suyuqliklarni
o‘lchash
qoidalarini, suyuqlikning o‘lchami nimaligini bilmaydi. Bolalarning
hikoyalarida ularning onalari bilan bir litr sut olganliklarini aytadilar, lekin ular litr
suyuqliklarning o‘lchov birligi ekanligini 6ilmadilar.
Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning
aqliy taraqqiyotiga katta
ta’sir qiladi. SHuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov gruppalarida olib borgan
Ўлчовнинг охирини белгилаб қўйиш кераклиги
ҳақида.
Ҳap доим ўлчовни нг чеккадан бошлаш
кераклиги ҳақида.
Предметнинг узунлигини ўлчаш вақтида
ўлчов чапдан ўнга қараб, эни билан бўйини ўлчаган
вақт ўлчов юқоридан пастга қapaб олиниши ҳақида.
Кейинги ўлчовни охирги белги қўйилган жойдан бошлаш
кераклиги ҳақида.
Ўлчов олаётган вақтда албатта унинг сонини санаш
кераклиги ҳақида.Болаларни узинликни ўлчашга
ўргатиш
вақтида
ўлчовни
сонига
қараб,
лентачаларнинг
узунлигини
ўлчаш
ёки
чизиқчаларда рамка чизишни таклиф қилинади.
ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash,
suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari
bilan tanishtirib
borish kerak.
Ta’lim berish natijasida (bola):
1. O‘lchash, bolaga o‘lchanayotgan ob’ekt haqida aniq bilim beradi.
2. O‘lchashlarning soni uning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.
3. O‘lchashlarning soni va ularning o‘lchami o‘rtasida funksion bog‘liq
borligini ko‘rsatadi.
SHunday qilib bolalarning shartli o‘lchov haqidagi bilimlari ularning umumiy
o‘lchov haqidagi bilimlarini kengaytirishga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: