7-mavzu: Ob'ektlarning o'lchamlari va ularni o'lchash haqida
g'oyalarni shakllantirish.
1.O'lchamning asosiy xususiyatlari.
2.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlarning o'lchamni idrok qilishning
o'ziga xosligi. 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ob'ektlarning kattaligi haqidagi
tasavvurlarini rivojlantirish xususiyatlari (hissiy asosda).
4.Bolalarni shartli o'lchov birliklari bilan tanishtirish.
5.Bolalarda predmetlarning o'lchami va ularni o'lchash
haqidagi tasavvurlarni
rivojlantirishga qartilgan o'yinlarni tashkil etish.
1-ilova
Ta’rifi
D.Galanini
«Predmetlar va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki,
bu xususiyat bo‘yicha predmetlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz,
bu xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda bo‘lishi
mumkin». Predmetlarni taqqoslashning ma’lum mezonlariga ko‘ra
predmetlarning kattaliklari tengligi yoki tengsizligi munosabati
o‘rnatiladi.
Ammo har doim ham bevosita
taqqoslashga duchor
qilinavermaydi.
Biz
ko‘pincha berilgan predmetni tanish
predmetlarning kattaliklari haqidagi o‘zimizda hosil bo‘lgan
umumiy tasavvurlarda (fikrda) taqqoslaymiz. Bu o‘rinda
idrok
qilinayotgan predmetning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan
taqqoslanadi, bu borada predmetlarni
amalda farqlash tajribasi
tugallangandek bo‘ladi.
V.V.Davidov
O‘lchamlar — bu ob’ektning shunday holatiki, ma’lum
chegaralargacha o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida ob’ektni
o‘zgartirsa ham,
ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini
o‘zgartirmaydi. Berilgan stol uzunliginig o‘zgarishi,
uning
kattaliginigina o‘zgartiradi ammo uning mazmuni va sifatini
o‘zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.
Kattalikning uchinchi xossasi — nisbiyligidir. Haqiqatdan ham,
bir predmetning o‘zi kattaligi bo‘yicha
qanday predmet bilai
taqqoslanayottaniga qarab katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin.
SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik predmetning shunday
xosasiki, uni predmetdan ajratib alohida tasavur qilib bo‘lmaydi,
kattalikni predmetdan ajratib bo‘lmaydi.