7-mavzu: Ob'ektlarning o'lchamlari va ularni o'lchash haqida g'oyalarni shakllantirish


Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor,kattaliklari bilan tanishtirish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.09.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#64264
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 -mavzu

Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor,kattaliklari bilan tanishtirish 
Miqdor, kattalik. Uzunligi, kengligi har xil bo‘lgan bir necha predmetni (10 
tagacha) bir-birining ustiga uzunligi, kengligiga, qalin-yupqaligiga ko‘ra ortib va 
kamayib boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni o‘rgatish (eng keng, torroq, yana 
torroq, eng tor lenta). Predmetlar qanday tartibda terib 
chiqilganini tushuntirib berishga o‘rgatish. Turli uzunlikka, kenglikka, balandlikka 
ega predmetlarni ko‘payib borish yoki kamayib borish tartibida (10 tagacha bo‘lgan 


predmetlardan foydalanib) terib chiqishga o‘rgatish, masalan: baland, past, yanada 
past, yanada pastroq, eng past. Butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo‘lishni, butun bilan 
qismni taqqoslashni o‘rgatish. SHartli o‘lchov bilan tanishtirish. Taqqoslanayotgan 
predmetlardan biriga teng bo‘lgan o‘lcham yordamida ikkita predmetni uzunligi 
(kengligi, balandligi)ga qarab taqqoslashga o‘rgatish. Narsalarni ko‘z bilan 
chamalab, miqdori, kattaligi (uzun (qisqa), keng (tor), 
enli (ensiz), baland (past), qalin (yupqa)) kabi namuna va unga teng bo‘lgan bolalar 
uchun tanish narsalar yoki harakatlar natijasida qiyoslanuvchi narsalarning 
o‘lchamini aniqlashga o‘rgatish.
Kattalik. Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi 
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. “Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”, 
“qalinlik”, “yo‘g‘onlik” buyumlarning 
kattaliklarida mustaqil orientir olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash 
va kattaliklar bo‘yicha munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi. Buyumlar 
orasida kattalik bo‘yicha konkret munosabatlarni o‘rnatish tajribasi qanchalik boy 
va turli-tuman bo‘lsa, keyinchalik bolalarni bu 
munosabatlarni umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta’riflarga, ya’ni 
“teng”, “ortiq”, “kam” (“katta”, “kichik”) tushunchalariga o‘rgatish shunchalik 
oson bo‘ladi. Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin
buyumlar masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq 
masofalarning ikki turi, nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq
belgilashga o‘rganadilar. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin