7-mavzu. O’rtacha miqdorlar (2 soat)
1. O‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari. O‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich.
2. Geometrik o‘rtacha ko‘rsatkichlar va garmonik o‘rtacha ko‘rsatkich
3. Kvadratik, kubik va darajali o‘rtacha ko‘rsatkichlar
4. To‘plam tuzilishini ma’lum tartibda shakllantiruvchi taqsimot ko‘rsatkichlari. Moda, mediana va kvantililar
Bilimingizni sinab ko’ring
O’rtacha miqdorlar nima uchun kerak?
«O’rtacha inson» nazariyasini kim yaratgan?
Statistik o’rtachalar hayotiy o’rtachalardan nima bilan farq qiladi?
O’rtachani hisoblashda qanday qoidalarga rioya qilasiz?
Z=0; Z=1; Z=-1; Z=2 bo’lganda qaysi formuladan foydalanasiz?
Variantlar (x) bir marta yoki har biri 10 (teng) martadan takrorlansa o’rtacha qaysi formula bilan aniqlanadi?
Guruh studentlari quyidagi ballarni (5-balli tizim) to’plagan: 2 ballni 5 kishi; 3 ni-8; 4 ni-10; 5 ni-6 kishi. Guruh bo’yicha o’rtacha ballni aniqlang.
Variantlar teng oraliqda berilsa va chastotalar o’zaro teng bo’lmasa o’rtacha qanday aniqlanadi?
Variantlarning o’rtachasini aniqlash qoidalarini tushuntirib beringchi?
O’rtachaning chastotalar yig’indisiga ko’paytmasi nimaga teng?
Agarda har bir variantga (x) qandaydir bir A sonni qo’shsak yoki ayirsak o’rtacha x qanday o’zgaradi?
Agarda har bir variantga (x) qandaydir bir A soniga bo’lsak yoki ko’paytirsak o’rtacha qanday o’zgaradi?
O’rtacha hisoblashda (arifmetikning xossalaridan foydalanib) ishni osonlashtirish uchun qanday usulni qo’llash mumkin?
Ikki traktorchi erni shudgor qilish uchun quyidagi vaqtni sarfladi: Birinchi traktorchi bir gektar erni haydashga 24 minut, ikkinchisi –32 minut. Ikkala traktorchi 10 soatdan er haydagan bo’lsa, o’rtacha sarflangan vaqtni aniqlang?
Jami yig’ishtirilgan hosil (xf) va hosildorlik (x) haqida ma’lumotlar mavjud bo’lsa, o’rtacha hosildorlikni aniqlash uchun qaysi o’rtachadan foydalanamiz?
Tuzilmaviy o’rtachalarga nimalar kiradi?
Moda va mediana teng bo’ladimi?
Siz o’qiyotgan potokda yoki guruhda qizlar (o’g’il bolalar) bo’yining uzunligi bo’yicha moda uzunlikni aniqlang.
Diskret variatsion qatorda chastotalar yig’indisi 2118 ga teng. Medianani aniqlang.
Kvartili va detsili qanday aniqlanadi?
O’rtachalarning kamchiligi nimada?
Dostları ilə paylaş: |