11.6-rasm. Koordinat-teshik kengaytirish stanogi.
Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari bir stoykali (modellari 2411, 2B440A,
2A450,2D450) va ikki stoykali (modellari 2455, 2457, 2458, 2459, 2B460, 2A470)
bo'Iadi. Ulardan detallarni aniq rejalash uchun va o'lchov mashinalari sifatida
foydalanish ham mumkin. Zamonaviy koordinat-teshik kengaytirish stanoklari yuqori
(B), juda yuqori (A) va eng yuqori (C) aniqlik darajalarida chiqariladi. Ularning
ba'zilari dastur bilan boshqarish sistemasi asosida ishlaydi. Masalan, 2E450F1-1
modelli raqamli indikatsiya va
koordinatlarni oldindan terish; 2E450AF30,
2E450AMF4 modelli, asboblar magaziniga ega bo'lgan stanoklar mavjud.
2A450 modelli teshik kengaytirish stanogi (11.6-rasm) optik quril-maga ega
bo'lib, o'lchamlarning butun va kasr ulushlarini aniq o'qish imkonini beradi. Stanok
to'g’ri burchakli o'qlar sistemasida o'qlar orasidagi masofalarning aniqligi 0,001 mm
atrofida bo'lishini ta'minlaydi. Koordinatalar aniq masshtabli ko'zgu valiklari va optik
priborlar yordamida o'lchanadi. Koordinatalar qiymati aniq shkalalar bo'yicha maxsus
mikroskoplar yordamida aniqlanadi. Ba'zi stanoklarda koordina-talarni hisoblashning
induktiv usulidan foydalaniladi.
Olmosli teshik kengaytirish stanoklari
zagotovka teshiklariga diametr va shakli
bo'yicha katta aniqlik va yuqori tozalik darajasida (R
a
=0,5-0,16 mkm dan Ra=0,063...
0,04 mkm gacha) ishlov berish uchun mo'ljallangan. Bu
stanoklar pardozlab ishlov
berishni ta'minlab, kesish jarayoni yuqori tezliklarda (V ≥1000 m/min), juda kichik
surishlar (s=0,01... 0,15 mm/ayl) va kesish chuqurliklari (t = 0,05...0,03 mm) da olib
boriladi. Texnologik sistema vibratsiyaga chidamlilikning yuqori darajalariga ega.
Pardozlab teshik kengaytirish operatsiyalarida diametr bo'yicha 100 mm ga 5-15 mkm
oralig’ida farq (dopusk) bo'lishiga erishiladi. O'lchamlarning aniqligi 8-9 (ba'zan esa
5-7) kvalitetlarga to'g’ri keladi. Dumaloqlik va konussimonlik bo'yicha farqlanish 3..10
mkm oralig’ida bo'Iadi. Olmosli-teshik kengaytirish stanoklari vertikal, gorizontal, bir
va ko'p shpindelli turlarga bo'linadi. Kesuvchi asbob sifatida olmosli va qattiq
qotishmali keskichlardan foydalaniladi.
Bu stanoklarda bosh harakat shpindelning kesuvchi
asbob bilan birga aylanma
harakatidir. Surish harakati vertikal bir shpindelli stanoklarda shpindelga, gorizontal
bir va ikki tomonlama stanoklarda zagotovka va moslama o'rnatilgan stolga uzatiladi
(11.7-rasm).
Surish harakati ko'pincha pog’onasiz boshqariladigan
gidroyuritma yordamida
amalga oshiriladi.
Vertikal olmosli-teshik kengaytirish stanoklari avtomobil va traktor dvigatellari
silindrlar blokidagi teshiklarni nafis yo'nib kengay-tirishda qo'llaniladi. Bunda
ishlangan yuzada jilvirlash va xoninglash-dan so'ng
qoladigan abraziv modda
qoldiqlari bo'lmaydi, ishlov
aniqligi 0100-200 mm
li teshiklar uchun ovallik va
konuslik bo'yicha ikkinchi va hatto birinchi sinflargacha yetadi (0.01-0,005 mm).
Dostları ilə paylaş: