Lichinka xordalilar filogeniyasi. Hozirgacha to’liq yoritib berilmagan. Shunga
qaramasdan ularning xordalilarga mansub ekanligini tasdiqlovchi ancha ma’lumotlar bor.
Barcha qobiqlilar singari, astsidiyalar ham uzoq vaqtlarga qadar umurtqasizlar qatoriga
kiritilib, dam mollyuskalarga, dam mshankalarga o’xshatib kelindi. Pardalilarning embrional
rivojlanishigina ularning xordalilarga mansub ekanini ko’rsatib berdi.
Ularning embrional rivojlanishini dastlab 1866 yilda rus olimi A.O.Kovalevskiy aniqladi va
keyinchalik I.I.Mechnikov bilan V.V.Zalenskiy mukammal tekshirdi. Bu ishlar natijasida
astsidiyalarning xuddi lantsetnikka o’xshab taraqqiy etishi aniqlandi. Ularning erkin suzib
yuruvchi lichinkalarida xordali hayvonlarga xos belgilar: nerv sistemasining nay shaklida bo’lishi,
xorda va segmentlarga bo’lingan muskullar borligi ro’y-rost ko’rinib turadi. Lekin lichinkaning
sezuv organlari tuzilish va chiqib kelish e’tibori bilan umurtqali hayvonlarning sezuv organlaridan
boshqacha bo’ladi. Shuning uchun pardalilarni xordalilar asosiy shajara daraxtining birlamchi bosh
skeletsizlardan ajralib chiqib, bir joyda hayot kechirishga layoqatlangan, shunga ko’ra funktsiyasi
harakat qilib hayot kechirishga bog’liq bo’lgan ko’pgina organlari regressiv ravishda rivojlangan
yon shoxi deb qarash kerak.
Astsidiyalar singari, erkin suzib yuruvchi salplar ham, bir joyda hayot kechiradigan
qadimgi ajdodlarining ikkilamchi tartibda erkin harakat qilib yashashga o’tgan formasidir.
Kurtaklanish yo’li bilan bo’ladigan urchish usuli ham ikkilamchi tartibdagi moslanish bo’lib, faqat
astsidiyalarning emas, balki bir joyda yashash stadiyasidan yana suvda erkin suzib yashashga
ko’chgan salplarning bir joyda hayot kechirishga o’tishi orqasida yuzaga kelgan bo’lishi
mumkin.
Mustaqil o’qish uchun savollar:
Xordali hayvonlarning umurtqalilar zoologiyasi fani sifatida o’qitilishi sababi.
1.
2. Umurtqali hayvonlarning foydasi va zarari.
3. Umurtqali hayvonlarning Markaziy Osiyoda va O’zbekistonda o’rganilganlik holati.
4. Xordali hayvonlarning boshqa tip vakillari bilan o’xshashliklari.
5. Chala xordalilarning xarakterli belgilarini ayting.
6. Balanogloss qanday hayvon?
7. Chala xordalilar va nina terililarning o’xshashlik belgilarini ayting
Lichinka xordalilar kenja tipiga kiruvchi hayvonlarning o’ziga xos tuzilishi, ko’payishi,
tarqalishi va ahamiyatini tushuntiring.
8. Lichinka xordalilar kenja tipining sistematik guruhlari va ularning bio-ekologik
xususiyatlarini tushuntiring.
9. Metagenez va uning biologik ahamiyatini tushuntiring