7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


-MAVZU: Suvda va quruqlikda yashovchi to`rt oyoqlilar katta sinfi.Suvda va



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
7 - maruza (4)

9-MAVZU:
Suvda va quruqlikda yashovchi to`rt oyoqlilar katta sinfi.Suvda va
quruqlikda yashovchilar sinfi 
 
Darsning maqsadi:
Hozirgi zamon amfibiyalar sistematikasi haqidagi bilimlarni 
mustahkamlash, amfibiyalarning xilma-xilligi va xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib 
o’rganish. 
 
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Suvda va quruqda yashovchilar – umurtqalilarning hammadan ko’ra turlari kam sinfi 
bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umurtqalilarning barcha sinflaridan suvda va quruqda 
yashovchilar yerning hammadan kam qismini ishg’ol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining 
chetki qismlaridagina yashaydi va dengizda ham okeanda ham uchramaydi. Hozirgi amfibiyalar 
uchta turkumga bo’linadi: 1. Oyoqsizlar (Apoda); 2. Dumlilar (Urodela); 3. Dumsizlar (Anura). 
Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa oyoqlarining 
yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma materiklarga tarqalgandir. 
Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam 
uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda (150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum 
oyoqsizlardir bu turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar 
kiradi, chervyagalar juda qadimgi kosali (pantsirli) amfibiyalarning yerni kovlab hayot 
kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan qoldiqlaridir.
 
 
Mavzu bo’yicha boshlang’ich bilimni tekshirish
Kirish testlarini yeching: 
1. Hozirgi amfibiyalar nechta turkumga bo’linadi?
A-2 ta; B-3 ta; V-4 ta; G-5 ta.
 
2. Dumli amfibiyalar ko’rsatilgan javobni belgilang.
A-salamandra va tritonlar; B-xalqali 
chervyaga va tseylon baliq-iloni; V-baqalar va kvakshalar; G-pipalar va chervyagalar. 
3. Dumsiz amfibiyalar ko’rsatilgan javobni belgilang.
A-salamandra va tritonlar; B-xalqali 
chervyaga va tseylon baliq-iloni; V-baqalar va kvakshalar; G-pipalar va chervyagalar. 
4. Oyoqsiz amfibiyalar ko’rsatilgan javobni belgilang.
A-salamandra va tritonlar; B-xalqali 
chervyaga va tseylon baliq-iloni; V-baqalar va kvakshalar; G-pipalar va chervyagalar. 
5. Anamniyalar gruppasiga kiritiladigan umurtqalilar:
A-baliqlar va amfibiyalar; B-amfibiyalar 
va reptiliyalar; V-baliqlar va reptiliyalar; G-amfibiyalar. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin