Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash Quyidagi savollarga og’zaka javob bering.
1. Suyakli baliqlar bilan akulalar tashqi tuzilishi qanday farq qiladi? 2. Suyakli baliqlar hazm organlari tuzilishi qaysi jihatlari bilan akuladan farq qiladi? 3. Suyakli baliqlar yuragi tuzilishi qaysi jihatlari bilan akuladan farq qiladi? 4. Suyakli baliqlar bosh miyasining tuzilishi qaysi jihatlari bilan akuladan farq qiladi? 5. Suyakli baliqlarda ayrish organlari bilan jinsiy organlari munosabati qanday? Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish Chiqish testlarini ishlang:
1. Suyakli baliqlar tashqi tuzilishi keltirilgan javoblarni aniqlang: A-ktenoid yoki
tsikloid tangachalar bilan qoplangan, B-plakoid tangachalar bilan qoplangan, V-yon tomonlarida
5 tadan jabra teshiklari bor, G-bosh qismida jabra qopqoqlari bor, D-juft suzgich qanotlari tanaga
nisbatan gorizantal joylashgan, Ye-juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan vertikal joylashgan, J-
og’iz teshigi yarim oy shaklida, Z-dum suzgichi gomotsirkal yoki difitserkal tipda, I- barcha
chiqaruv teshiklari kloakaga ochiladi, K-chiqaruv kanallari alahida teshik bilan tashqariga
ochiladi.
2. Suyakli baliqlar hazm organlari tuzilishiga xos tushunchalarni belgilang: A-tishi bir
cho’qqili konussimon, B-tishlari faqat yuqori va pastki jag’lari joylashgan, V-og’iz bo’shlig’i
halqumdan yaqqol ajralgan, G-ichagida pilorik o’simtalari movjud, D-ichak sistemasi
morfologik jihatdan diffirentsiallashmagan, Ye-yo’g’on ichagida spiral klapanlar mavjud, J-
jigari bir necha pallali va o’t pufagi bor, Z-oshqozon osti bezi me’da ostida joylashgan.
3. Suzgik pufagi qanday funktsiyalarni bajaradi? A-tanani yengillashtirish, B-
gidrostatik, V-zaharli gazlarni organizmdan chiqarib tashlash, G-muvozanat, D-nafas olishda
ishtirok etadi, Ye-oldinga harakatlanishda ishtirok etadi.
4. Suyakli baliqlarning nafas olish sistemasining o’ziga xos xususiyatlarni belgilang: A-
jabralararo to’siqlar bor, B-jabra yaproqlari bevosita jabra yoylarida joylashgan, V-4 ta to’liq va
til osti – sohta jabralari bor, G-tashqi jabra teshiklari 4 juft, D-nafas akti jabra qopqog’ining
harakati natijasida sodir bo’ladi, Ye-jabralar soni 5 va undan ortiq.
5. Suyakli baliqlarning qon aylanish sistemasiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-
aorta so’g’oni bor, B-arterial konusi bor, V-yuragi 4 bo’limli, G-yuragi 3 bo’limli, D-yon
venalar bo’lmaydi, Ye-jabra arteriyalar soni 5 ta, J-o’ng buyrak qopqa sistemasi hosil qilmaydi,
Z-yon venalar saqlanadi.
6. Zog’ora baliqning ayirish organlarini siydik o’tish yo’li bo’yicha tartib bilan belgilang: A-siydik pufagi, B-buyrak, V-siydik chiqaruv teshigi, G-siydik yo’li, D-siydik-jinsiy
so’rg’ich.
7. Suyakli baliqlarning jinsiy organlari akulanikidan qanday farq qiladi? A-tuxum
yo’llari volf va myullerov kanallariga gomolog, B-jinsiy bezlari bo’shlig’i bor, V- tuxumdonning
oxirgi qismi tuxum yo’li vazifasini bajaradi, G-urug’ yo’li siydik yo’liga qushiladi, D-urug’ yo’li
alohida teshik orqali tashqariga ochiladi, Ye-tuxum yo’li to’g’ridan-to’g’ri jinsiy teshikka
ochiladi, J-urug’ yo’li umumiy siydik-tanosil so’rg’ichi teshigi orqali tashqariga ochiladi, Z-
tuxum yo’li bachadon hosil qiladi.
1
2
3
4
5
6 1- 2- 3- 4-
5-
7