7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


-MAVZU: Suyakli baliqlar sinfi. Zog`ora balig`ining tashqi va ichki



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
7 - maruza (4)

6-MAVZU:
Suyakli baliqlar sinfi. Zog`ora balig`ining tashqi va ichki
tuzilishi
 
Darsning maqsadi:
Sazan balig’ining morfo-anatomik tuzilishini o’rganish orqali 
suyakli baliqlar to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash. 
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. 
Suyakli baliqlar sinfi vakillari yer yuzidagi barcha suv havzalarida tarqalgan. Suyakli 
baliqlar umurtqali hayvonlar kenja tipi orasida eng ko’p turlarni (20 mingga yaqin tur) o’z ichiga 
oladi. Shuningdek, baliqlar katta sinfiga kiruvchi turlarning 97% dan ortig’i suyakli baliqlar 
sinfiga kiradi. 
Suyakli baliqlarning eng xarakterli belgilari tubandagilardan iborat. Suyakli baliqlarning 
skeletida hamma vaqt ma’lum miqdorda qoplagich suyaklar bo’ladi. Ularning suyaklardan 
tuzilgan jabra qopqog’i bo’lib, bu qopqoq jabra teshigining ustidan qoplab, jabra apparatini ancha 
mukammallashtiradi. Ichki skeletida, garchi qisman bo’lsa ham, albatta suyak bo’ladi. 
Tangachalari (bu tangachalar ikkilamchi tartibda reduktsiyalanishi ham mumkin) ganoid yoki 
suyak tangacha bo’ladi (lekin plakoid tangacha bo’lmaydi). 
Ikki xil iafas oluvchi baliqlardan tashqari, barcha suyakli baliqlarning suzgich qanotlarini 
suyak shu’lalar tutib turadi. Har qaysi tomonida faqat bittadan tashqi jabra yorig’i bor. Jabraaro 
to’siqlari yo kichkina, yoki ko’pincha butunlay bo’lmaydi, shuning uchun jabra yaproqlari 
bevosita jabra yoylariga o’rnashadi. Ko’pchilik suyakli baliqlarda embrional rivojlanish davrida 
ichakning orqa tomonida bo’rtma sifatida hosil bo’lgan suzgich pufagi bor va u muhim gidrostatik 
organ hisoblanadi. Erkaklarida juft kapulyativ organi yo’q, urug’lanish hodisasi ba’zi istisnolarni 
hisobga olmaganda tashqarida, ya’ni suvda bo’ladi va ikralari mayda, shox moddali qobig’i yo’q. 
Tirik tug’adiganlari juda kam. ichagida spiral klapanlari yo’q, uning o’rniga ko’pchilik suyakli 
baliqlar ichagida ko’r (pilorik) o’simtalar paydo bo’lgan. Tog’ayli baliqlar yuragidagi arterial 
konus o’rniga suyakli baliqlarda aorta so’g’oni paydo bo’lgan. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin