57
Lantsetnik tanasining oldingi uchida pastga qaragan va sezuvchi (o`simta)
qamragichlar
bilan o`ralgan katta
og’iz
oldi voronkasi bo`ladi (6-rasm).
Lantsetnikning orqa qismida bo`yiga tomon cho`zilgan pastgina yelka
suzgich qanoti mavjud. Dumi keng suzgich qanoti bilan o`ralgan bo`lib,
shaklan
nayza yoki tibbiyot asbobi – lantsetga o`xshaydi, bu hayvonning nomi ham
shundan olingan. Qorin tomonining orqa qismida
dumosti suzgich qanoti
o`rnashgan. Og’iz oldi voronkasining oxirida, gavda pastki bo`lagining
ikki yon
tomonida bir-biriga parallel o`rnashgan ikkita metaplevral burma bo`lib, bu
burmalar gavdaning orqa uchiga ancha yaqinroq qismida bir-birlariga qo`shilib
ketadi. Shu burmalarning qo`shilgan yerida jabra oldi bo`shlig’i yoki atrial
bo`shliqni tashqi muhit bilan bog’lovchi atriapor bor.
Atriapordan uzoqroqda va
gavdaning bir oz chaproq tomonida –
orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Orqa, dum va qorin
suzgichlari
teri
burmalaridan
hosil
bo`lgan.
Lantsetnikning
tanasi
oqish
tusda.
Teri qoplami.
Hamma yuqori xordalilar singari, lantsetnikning teri qopla
mi
ham ikkita: sirtqi epidermis va ichki korium qavatidan iborat.
Lekin
umurtqalilarnikiga qarshi o`laroq, lantsetnikning
epidermisi
xuddi
umurtqasizlarnikidek
bir
qavat
bo`lsa,
koriumi,
asosan
yopishqoq
to`qimadan
iborat.
Dostları ilə paylaş: