7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
7 - maruza (4)

 
Tashqi tuzilishi. 
Umurtqalilarning tanasi bosh, bo`yin, gavda, oyoqlar va
dum bo`limlardan iborat. Terisi ko`p qavatli epiteliy va uning ostida joylashgan
biriktiruvchi to`qima qavatidan iborat. Teri hayvon organizmini turli mexanik va
tashqi muhitning boshqa zararli ta`sirlaridan himoya qiladi. Teri turli o`simtalar,
xususan suyak yoki muguz tangachalar, pat, yung va har xil bezlarni hosil qilishi
mumkin. Teridan hosil bo`lgan o`simtalar har xil sistematik guruhlarda turli xil
bo`ladi. Umurtqalilar odatda umurtqasizlarga nisbatan ancha yirik. Uzunligi bir
necha 
mm dan (ayrim baliqlar) 
30 m gacha 
(ayrim kitlar) 
bo`ladi.
Harakatlanish organlari dastlabki suvda yashovchi umurtqali hayvonlarda
suzgichlardan iborat. Quruqlikda yashashga moslashganlarida esa harakatlanish
organlari vazifasini oyoqlar va qanotlar bajaradi.
Skeleti. 
Ichki skeleti bosh skeleti, o`q skeleti (xorda yoki umurtqa
pog’onasi) va boshqa bo`limlardan iborat (14-rasm). 


63 
14-rasm. Umurtqali hayvonlar skeletining sxemasi: 
I-baliqlar skeleti;
II-quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar skeleti. 
Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko`rish, eshitish,
muvozanat saqlash), hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog’langan
jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. Bosh skeleti ikki qismdan –
miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral
(hazm qilish va jabralar bilan bog’langan) qismlardan iborat.
O`q skeleti tuban umurtqali hayvonlarda (to`garak og’izlilar va ayrim tur
baliqlarda) hamda boshqa umurtqali hayvonlarning embrionlarida, asosan
xordadan iborat bo`ladi.
Xordani biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan qin o`rab turadi, bu qin markaziy
nerv sistemasini ham qo`shib o`rab oladi va skeletogen qatlam, ya`ni tog’ay yoki
suyak umurtqa pog’onasini paydo qiladigan qatlam hisoblanadi. Shuni ta`kidlash
lozimki, suyak yoki tog’ay skelet hosil qilishda xordaning o`zi ishtirok etmaydi.
Umurtqali hayvonlarning umurtqa pog’onasi bir-biri bilan harakatchan
tarzda qo`shilgan bir qancha umurtqalardan iborat bo`ldi. Jag’sizlarning (to`garak
og’izlilar sinfi vakillarining) umurtqalari murtak holida bo`ladi, shunga ko`ra
umurtqa pog’onasi bo`limlarga bo`linmaydi. Baliqlarning umurtqa pog’onasi 2 ta
bo`limga – qovurg’alar o`rnashgan tana bo`limiga va qovurg’asiz dum bo`limiga
bo`linadi.
Quruqlikda 
yashovchi 
umurtqalilarning 
tipik 
umurtqa 
pog’onasi 
5
bo`limdan, ya`ni bo`yin, ko`krak, bel, dumg’aza va dum bo`limlaridan iborat.
Ko`krak bo`limining qovurg’alari to`sh bilan qo`shilib, ko`krak qafasini hosil
qiladi. Umuman, taraqqiy etgan umurtqa pog’onasi bir tomondan, butun gavdaga
tayanch bo`lsa, ikkinchidan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof
bo`lib xizmat qiladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda o`q skeleti oyoq
kamarlari bilan qo`shilib, juft oyoqlarga ham tayanch bo`ladi.
Oyoqlar skeleti toq va juft oyoq (suzgich qanot) skeletlariga bo`linadi. Toq
oyoqlar (suzgich qanot) skeleti faqat birlamchi suv hayvonlarida (to`garak
og’izlilar va baliqlarda) bo`ladi. Ular orqa, dum va anal suzgich qanot pardalarini
tutib turadigan tashqi skelet – shu`lalardan hamda gavda muskullariga o`rnashgan
va suzgich qanot shu`lalarini tutib turadigan ichki skelet – radial shu`lalardan
iborat. Juft oyoqlar (suzgich qanotlar) skeleti, oyoq kamarlari skeletiga va erkin
oyoq skeletlariga bo`linadi. 
Harakat 
organlari 
kamarlari 
hamma 
vaqt 
hayvon 
tanasining 
ichida
joylashgan bo`ladi. Ularning tuzilishi har xil guruhlarda turlicha bo`lganligi uchun
o`z joyida tushuntiriladi. 
Baliqlarning suzgich qanot kamarlari birmuncha sodda tuzilgan bo`ladi va
umurtqa pog’onasiga qo`shilib turmaydi.
Quruqlikda 
yashovchi 
umurtqalilarning 
juft 
oyoqlari 
baliqlarning 
juft
suzgich qanotlaridan farq qiladi. Oldingi yoki yelka kamarining tipik elementlariga


64 
kurak, korakoid va prokorakoid kiradi. Ularda qoplag’ich suyak -o`mrov ham
bo`ladi. Tos yoki chanoq kamarida yonbosh, quymich va qov suyaklari bor.
Chanoq kamarida 
qoplag’ich suyaklar 
yo`q.
Erkin oyoq skeleti faqat ichki skeletdan iborat bo`lib, 3 bo`limga 
bo`linadi.
Birinchi bo`lim bitta, ya`ni yelka yoki son suyagidan, ikkinchi bo`lim 2 ta
suyakdan, ya`ni tirsak va bilakdan hamda katta va kichik boldir suyaklaridan
iborat, uchinchi bo`lim esa 3 ta kichik bo`limlarga: oldingi oyoqda – bilaguzuk,
kaft va barmoq suyaklariga, orqa oyoqda – tovon, oyoq kafti va barmoq
suyaklariga bo`linadi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin