7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
7 - maruza (4)

Muskullari. 
Umurtqali hayvonlarning muskullari, gavda muskullari yoki
somatik muskullar hamda ichki organ bilan teri muskullari yoki vistseral
muskullarga bo`linadi.
Somatik muskullar hamma vaqt ko`ndalang yo`l-yo`l muskul tolalaridan
iborat bo`ladi. Tuban umurtqalilarda xuddi boshskeletsizlarnikiga o`xshab
muskullari segmentlarga bo`lingan bo`ladi. Yuqori guruhga kiruvchi umurtqali
hayvonlarning harakatlanishi, gavda va juft oyoqlarida murakkab muskullar
taraqqiy etishi munosabati bilan metameriya ko`rinmay qoladi.
Vistseral muskullar, asosan hazm nayi muskullaridan tashkil topgan bo`lib,
jag’, jabra, ya`ni halqum muskullaridan va ichak muskullaridan iborat.
Ichak muskullari silliq muskul tolalaridan, hazm nayi oldingi qismining
muskullari esa ko`ndalang yo`l-yo`l muskul tolalaridan tuzilgan. Vistseral
muskullar segmentlashmagan bo`ladi.
Ovqat 
hazm 
qilish 
sistemasi. 
Boshskeletsizlarga 
nisbatan 
umurtqali
hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Xususan
oziqni ushlashga moslashgan og’iz teshigi hosil bo`lgan. Hazm qilish sistemasi
nayi uzaygan bo`lib har xil bo`limlar (oshqozon, ingichka va yo`g’on ichaklar)dan
iborat. Oshqozon, oshqozonosti va ingichka ichak devorida hazm qilish bezlari
kuchli rivojlangan. Bu bezlarning suyuqligi ovqat tarkibidagi oqsil, yog’, uglevod
va boshqa moddalarni hazm qilishga yordam beradi. Boshskeletsizlarda sodda
tuzilgan o`rta ichagi o`simtasidan umurtqalilarda murakkab tuzilgan parenximatoz
organ – jigar hosil bo`lgan. Jigar ovqat hazm qilishda ishtirok etish bilan birga
murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadigan joy ham hisoblanadi.
Nafas olish organlari. 
Suvda yashovchi umurtqali hayvonlarning nafas
olish organlariga jabra kiradi. Jabra yoriqlari halqum devorining xaltasimon bo`rtib
chiqishidan, shuningdek, tashqi qoplag’ich devorining xaltasimon bo`rtib
kirishidan hosil bo`ladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi marta suvda
yashashga o`tgan umurtqalilarning nafas olish organlari vazifasini o`pka bajaradi,
o`pka ba`zi baliqlarda ham bo`ladi. O`pka halqum ostki tomonining keyingi
qismidan bir juft bo`rtma ko`rinishida yuzaga keladi. U oxirgi juft jabra
yoriqlarining gomologidir. Birlamchi suvda yashovchi umurtqalilarda va suvda


65 
hamda quruqlikda yashovchilarda teri ham nafas olishda ishtirok etadi. Jabra bilan
nafas oluvchi umurtqalilarning jabrasi ektoderma va endodermadan hosil bo`ladi.
Tuban umurtqalilarga kiruvchi to`garak og’izlilar sinfi vakillarining jabrasi
faqatgina endodermadan hosil bo`ladi. Qalin kapillyarlar bilan qoplangan jabra
yaproqlari va boshqa o`simtalari jabralarning gaz almashinuvi yuzasini keskin
oshiradi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin