15
Kuzda ular yirik, bahorda spermotogenez davrida esa ularning moddalari ko’p
sarflanganligi tufayli xajmi keskin maydalashadi. Ko’pchilik amfibiyalarda
kopulyativ organlar bo’lmaydi.
Amfibiyalarning erkaklarida ayrish va jinsiy yo’llar 1ta – volf kanali bo’lsa,
urg’ochilarida volf kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajaradi va aloxida jinsiy
yo’l vazifasini myuller kanali bajaradi.
Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi katta axamiyatga ega.
Chunki bu bilan butun quruqlikda yashovchi
umurtqali xayvonlarning suv
muxitidan quruqlik muxitiga chiqishi ularning tuzilishida muxim o’zgarishlarni
yuzaga keltirdi. Avvalo jabra bilan nafas olish o’pka bilan nafas olishga o’tadi,
suzgich qanotlar besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyin qon aylanish
sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari o’zgaradi.
Devon davrining oxirlarida chuchuk suvlarda yashovchi cho’tka qanotli
baliqlardan birinchi amfibiyalar ixtiostegidlar kelib chiqadi. Bular toshko’mir davri
quriqlik faunasining eng ko’p gruppalari bo’lgan amfibiyalarning ikkita ingichka
umurtqalilar va yoy umurtqalilar kenja sinflarini bergan. Poleozoy erasida
yashagan amfibiyalarning xammasini stegotsefallar deb ataganlar.
Yoy umurtqalilarga labirintodontlar va proanurlar kiradi. Bularning
xammasi Toshko’mir va perm’ davrlarida qirilib ketadi. Proanaurlardan dumsizlar
kelib chiqqan. Toshko’mir davrida ingichka umurtqalilar –
lepospondillar paydo
bo’lib, perm’ davrida qirilib ketadi va bulardan oyoqsiz va dumli amfibiyalar kelib
chiqadi.Suvda va quruqlikda yashovchilarning sistematikasi. Amfibiyalar
quruqlikda yashovchi umurtqali xayvonlarning kam sonli sinfi bo’lib, o’z ichiga
2500ga yakin turni oladi va uchta turkumga bo’linadi.
1. Oyoqsizlar turkumi – Apoda. Bu turkumga 60ga yakin tur kiradi, tashqi
ko’rinishidan chuvalchanglarga o’xshaydi. Tropik zonalarda tarqalgan,
yer tagida
xayot kechiradi. Oyoqlari yo’q, ko’zlari reduktsiyalangan. Urug’lanishi ichki
kopulyativ organi bor. Umurtqalari amfitsel tipda, qobirg’alari bor. Yurak
bo’lmalari orasida parda to’liq emas. Bu turkumga Janubiy Amerikada tarqalgan
chervyagani va Janubiy sharqiy Osiyoda tarqalgan tseylon ilon balig’ini vakil qilib
olamiz.
2. Dumlilar turkumi - Caudata yoki Urodela. Dumlilar uz ichiga 280 ga
yakin turni oladi va asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchoq
bo’lib, yaxshi rivojlangan dumi bor. Oldingi va keyingi
oyoqlari deyarlik bir xil
uzunlikda bo’ladi. Tana umurtqalariga kurtak xolidagi qobirg’alar birikadi.
peshona va tepa suyaklari qo’shilmagan. O’mrov suyagi yo’q, bilak va tirsak
xamda katta va kichik boldir suyaklari o’zaro qo’shilmagan. Keyingi kovak vena
bilan bir qatorda kardinal venalar xam saqlanadi. Yon chiziq organi umirbod
saqlanadi. Urug’lanishi ichki. Ba’zi turlarida neoteniya xodisasi uchraydi, ya’ni
16
lichinka metomorfozga uchramaydi va lichinka xolida ko’payadi. Rossiyada dumli
amfibiyalardan tritonlar keng tarqalgan. Karpat tog’larida olovli salamandra, uzoq
sharqda yapon salamandrasi, Bolqon orolida protey va boshqalar yashaydi.
3. Dumsizlar Turkumi – Ecaudata yoki Anura. Bularga 2100ga yaqin tur
kiradi.
Boshi yalpoq, dumi yo’q. Keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2-3 marta
uzun. Shu sababli bular sakrab xarakat qiladi. Urug’lanishi tashqi.
Dumsiz amfibiyalarga baqalar, qurbaqalar, daraxtlarda yashovchi kvakshalar
kiradi va bular yer yuzida ancha keng tarqalgan. O’zbekistonda dumsiz
amfibiyalarning faqat ikkita turi – ko’l baqasi va yashil qurbaqa yashaydi.
Dostları ilə paylaş: