17
3-MAVZU.
Bosh skeletsizlar (Acrania) kenja tipi.Biologiyasi Umumiy
tavsifi va sistematikasi
Reja:
Bosh skletsizlar kenja tipining umumiy tavsifi
1.
2. Bosh suyaksizlar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari
3. Bosh skeletsizlarning sistematikasi
kelib chiqishi.
va
lantsetnik, endostil, dissimilyatsiya, metamorfoz, simmetriyasizlar,
Tayanch so’zlar:
miosepta, miomer, metamer, Gyosse ko’zchalari, blastula, gastrula,
atrial.
1. Bosh skletsizlar kenja tipining umumiy tavsifi.
Bosh
skeletsizlar haqiqiy dengiz
hayvonlari bo’lib, ko’pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun
hayoti davomida xordalilarning tuzilish xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan bosh
skeletsizlar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
Bosh skeletsizlarda xordalilarning umumiy tuzilish plani va eng
xarakterli belgilarining
barchasi juda ham aniq va yaqqol ko’rinib turadi, lekin bu hayvonlar juda sodda tuzilgan. Ularning
tuzilishida eng sodda belgilar bilan bir qatorda dengiz tagida qumga ko’milib yashashga imkon
beradigan bir qancha maxsus moslanmalar ham bor.
Bosh skeletsizlar kenja tipi 30-35 turdan iborat yagona xordaboshlilar (Cephalochordata)
sinfini o’z ichiga oladi. Bu sinf vakillari dengizning tagi qum sayoz yerlarida yarim belidan qumga
ko’milib yashaydigan kichkina hayvonlardir.
Bu sinfnipg xarakterli belgilari: gavdasining to’la ravishda segmentlarga bo’linishi va
boshining tanasiga qo’shilib ketganligi, xordasining oldinga o’tib miyadan nariga chiqib turishi, jabra
yoriqlari ochiladigan maxsus jabra oldi (atrial) bo’shlig’ining borligi,
markaziy qon aylanish
organi – yurakning yo’qligi, aniq ko’rinib turadigan bosh miya bilan yuqori darajada taraqqiy
etgan sezuv organlarining yo’qligi, jinsiy va nefridial sistemaning segmentlarga bo’linganligidir.
Bosh skeletsizlar kenja tipining vakillaridan lantsetniklar Atlantika,
Tinch va Hind
okeanlari va ular bilan bog’liq bo’lgan tropik va mo’’tadil iqlimli dengizlarda, shu jumladan Qora
dengizda ham tarqalgan. Lantsetniklar odatda sohil yaqinida suv tubida hayot kechiradi.
Lantsetnikni birinchi marta P.S.Pallas 1774 yilda tasvirlab bergan. Lekin olim uni
mollyuskalar tipiga kiritgan. Keyinchalik ayrim zoolog olimlar lantsetnikni baliqlarga kiritishgan.
Faqat atoqli rus embriologi A.O.Kovalevskiy lantsetnikni haqiqiy xordali hayvon ekanligini va u
lichinka xordalilar bilan umurtqalilar kenja tiplari o’rtasida turuvchi oraliq forma ekanligini
ko’rsatib berdi.
Xordaboshlilar sinfi lantsetniklar (Branchiostoma) va simmetriyasizlar (Asymmetron)
avlodlarini o’z ichiga oladi. Keyingi avlod vakillarining tanasi asimmetrik tuzilishga ega. Ularning
kattaligi 5 sm ga yaqin bo’lib, jinsiy bezlari tanasining o’ng tomonida joylashganligi va suzgich
qanotlarining tuzilishi bilan haqiqiy lantsetniklardan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: