23
Bundan tashqari, o’ziga xos tarzda tuzilgan dengiz hayvonlari gruppasi, ya’ni pardalilar
yoki lichinka xordalilar ham shu tipga kiradi. Bu hayvonlar tipik xordalilardan ancha farq qilib,
boshqa tiplarga, xususan nina terililarga juda o’xshab ketadi.
Xordalilar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ularning gavdasi bir umumiy planga muvofiq
tuzilgan bo’lib, hayvonot olamidagi boshqa tip vakillarining gavda tuzilishidan ro’y-rost ajralib
turadi. Ularning gavda tuzilishi 2 tomonlama simmetrik bo’lib bosh, tana va dum qismlarga
bo’linadi. Pardalilar bundan mustasno.
Butun gavdani yaxlit yoki bo’limlarga bo’lingan tirgak ko’rinishidagi mustahkam o’q
skeleti tutib turadi. O’q skeletining ustiga markaziy nerv sistemasi o’rnashgan, u shaklan qalin
devorli nayga o’xshaydi. O’q skeletining ostida hazm, ayirish va urchish organlari joylashgan
qorin bo’shlig’i – tselom bo’ladi. Hazm kanali kirish teshigi
bilan gavdaning oldingi uchiga,
chiqish teshigi bilan orqa uchiga ochiladi. Bu kanalning oldingi qismida (xalqumda) juft-juft
bo’lib joylashgan talaygina jabra yoriqlari (teshiklari) bor. Hazm kanalidan ham pastroqda
markaziy qon aylanish organi – yurak yotadi.
Quyida bu tip vakillari uchun xarakterli 3 asosiy belgini ko’rsatib o’tamiz.
1. Xorda
Dostları ilə paylaş: