7 mavzu sertifikatlashning qoida va tartiblari



Yüklə 205,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü205,66 Kb.
#116882
1   2   3
7-maruza

Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga 
muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkaziladi. Bu xildagi 
sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi 
tasdiqlanadi, xalos. Bu yul o’zining soddaligi va unga ko’p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va 
halqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan. 
Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov 
tashkilotlarida sinovdan o’tkazilib, so’ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan 
olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini 
baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning 
afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar 
mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni savdo shahobchalaridan 
chiqarib tashlash mumkin bo’lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar 
tug’iladi. 
Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov 
tashkilotlarida o’tkazish, so’ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan 
namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni 
shuki mahsulot savdo shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o’tkaziladi va standartga 
nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo’natilishi to’xtatiladi. 
To’rtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-sxemalardek sinovdan 
o’tkazishga asoslangan bo’lib, so’ngra savdo shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan 
namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o’tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga 
olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar 
bo’lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi. 

Yüklə 205,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin