Degumidlangan (oriqlagan) tuproq hosildorligini tiklash. Tuproq haydalma qatlamidagi organik moddalar zahirasini saqlash uni biologik usullar bilan (hududlarga optimal о‘t о‘simliklar ekish) qayta ishlash masalasini, organik о‘g‘itlarni qо‘llash, yerlarni qayta ishlashni mukammallashtirish, kaliforniya chuvalchangi bilan organik chiqindilarni qayta ishlash, gumusning optimal holatini tiklashni talab etadi.
Yaylovlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish. Bunda agrotexnik tadbirlar, shuningdek mavjud о‘simliklarning hosildorligini oshirishda о‘g‘itlardan fydalanish, begona о‘tlarni yо‘qotish, toshlardan tozalash, suv rejimini boshqarish talab etiladi. Bu tadbirlarni qо‘llash hisobiga, yaylov va pichanlar hosildorligi 1,5 - 2,5 marta oshadi.
Yaroqsiz holga kelgan yerlarni rekultivatsiya qilish yо‘nalishlari:
Rekreatsion yо‘nalish – obodonchilik, hovuzlar, sport maydonlari, о‘yin maydonlari, bolalar maydonchalari qurish.
Qishloq xо‘jaligi yо‘nalishi – yaylov, bog‘, uzumzorlar yaratish.
Sanitar-gigiyenik yо‘nalish – biologik yoki texnik yо‘l bilan yaroqsiz yerlarni atrof-muhitga ta’sir qilmaydigan sharoitda konservatsiya (buzilmaydigan holga keltirish) qilish.
О‘rmon xо‘jaligi yо‘nalishi – turli tipdagi о‘rmonzorlar barpo qilish.
Baliqchilik yо‘nalishi – baliqchilikni rivojlantirish shart-sharoitlariga amal qilgan holda suv havzalarini barpo etish.
Nazorat savollari:
Chо‘llanishga olib keladigan asosiy sabablar qaysilar?
CHо‘llanishni keltirib chiqaradigan omillarni ayting.
Tuproq eroziyasi nima?
Tuproq degumidlanishi nima?
О‘simliklar degradatsiyasini tushuntiring.
Yaroqsiz yerlar sifatini qanday yaxshilash mumkin?