397
chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi
yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi.
Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan
badallarga asoslangan
pensiya dasturi, yoki jamg‘arma pensiya dasturi
va belgilangan imtiyozlarga
asoslangan pensiya
dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi. Jamg‘arma
pensiya dasturi bo‘yicha xodim hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga
xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal
to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida
to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi.
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning
pensiya imtiyozlari muayyan
formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning
ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga
ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish
haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan
tashkilot, yoki tashkilot yollagan sug‘urta korxonasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga
bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno
qiladi. Ba’zi
mamlakatlarda,
masalan Germaniya,
Yaponiya va AQShda
homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada
davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Dostları ilə paylaş: