394
7-MAVZU: ZAMONAVIY(AMALIY) MOLIYAVIY
VOSITACHILAR
REJA:
1. Banklar va kredit uyushmalari.
2. Sug‘urta korxonalari.
3. Pensiya fondlari.
4. O‘zaro fondlar.
5. Investitsion banklar.
6. Venchur korxonalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni
boshqaruvchi firmalar.
7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar.
1. Banklar va depozit-jamg‘arma muassasalari
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya
bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra
yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan
iborat. Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va
sug‘urta korxonalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga,
boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning
qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy
395
vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U
ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi. Bunday fondlar o‘z operatsiyalari
masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli
darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli
qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar
oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini 16-rasmdagidek tasavvur etish
mumkin.
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy
moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi
hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini
taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan
savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi
banklarni ayirboshlovchilar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca"
(italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan.
Sababi,
ayirboshlovchilar
pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib
almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu
turdagi muassasalar tijorat banklari deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |