396
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta korxonalari funksiyalarini
ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada
universal banklar deb nomlanuvchi
banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli
barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya
bo‘yicha universal bank hisoblansada, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli
qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga
kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiyalaridan ozginaga farq qiladi, xolos.
2. Sug‘urta korxonalari
Sug‘urta korxonalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy
funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish
orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma
sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar
yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz
hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar
kutilmagan
hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va
mulkiy sug‘urtalash sohasiga
kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi
polislar
kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot
etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar
hayotni sug‘urtalashga
kiradi.
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firmalarning aktivi
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta korxona-larining qarzdorlik
majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz
tomonidan to‘lanadigan pullar
sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta
mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta korxonalari
ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir
yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi
ham mumkin. Sug‘urta korxonalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli
xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar.
Dostları ilə paylaş: