7 O`simlik hayvonat resurslari va uni muhofaza qilish. Reja


O`zbekistonda yer sharida xayvonot olamining hozirgi holati



Yüklə 191,8 Kb.
səhifə8/17
tarix16.12.2023
ölçüsü191,8 Kb.
#183245
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
7 мавзу

O`zbekistonda yer sharida xayvonot olamining hozirgi holati.
O’zbekiston hayvonat olamining turi ko’p va ular rang-barang. Hududimizda 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo’lib, shulardan 83 baliq turi, 3 ta amfibiy, 58 tur sudralib yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofza qilish borasida so’z borar ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e’tibor berish lozim bo’ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi, suvdagi suv salmog’ining ayrim joylarda ortib borishi ma’lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari brakoner ovchilar ham baliqlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. O’lkamizda baliq ovlash xo’jaliklari maydoni 38 mln.ga dan iborat.
O’lka hududidan turon yo’lbarsi, shuningdek, qizil bo’ri butunlay yo’qolib ketgan bo’lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo’l-yo’l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo’qolib ketish xavfi bor.
Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshicho’li, Surxon – Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho’l muhitida yashaydigan birqator jonivorlarning, jumladan, jayron, go’zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo kapcha iloni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi.
Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat’i ynazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik va ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur
O’zbekistonda chop etilganyangi «Qizil kitob» da 24 tur sut emizuvchilar, 51 tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 tur ikiritilgan.
O’zbekiston mustakillikga erishgan kunidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni muxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida» (1992), Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida» (1993), Xayvonotolami nimuxofaza kilish va undan foydalanish tugrisida» (1997), shuningdek Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami muxofaza kilinmokda Bulardan tashkari O’zbekiston Respublikasi 1995 yilda Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro axamiyatga ega, ayniksa suvda suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar tugrisidagi (2001 yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan.

Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin