7 O`simlik hayvonat resurslari va uni muhofaza qilish.
Reja:
O`simliklarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida o`simliklarning roli.
Yer sharida o`simlik qoplamining hozirgi holati. O`rmon resurslari.
Dorivor resurslar. O`simliklarning nam saqlashdagi, tuproq eroziyasiga qarshi kurashdagi, planeta iqlimini toza saqlashdagi roli va madaniy, estetik ahamiyati.
4. Xayvonlarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida xayvonlarning roli.
5. O`zbekistonda yer sharida xayvonot olamining hozirgi holati.
6. Hayvonlarni muhofaza qilish va sonini qayta tiklash yuzasidan O`zbekistonda olib borilayotgan ishlar.
7. Muhofazaga olingan hududlar: Qo`riqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy bog`lar, tabiat yodgorliklari, ekomarkaz haqida tushuncha hosil qilish.
8. Jahon “Qizil kitobi”, O`zbekiston «Qizil kitobi»ning yaratilishi . O`zbekistonda «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon va o`simliklar. Ekoturizm va agroturizm.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: fotosintez, Qizil kitob, bakteriya, BMT, YuNESKO, qwriqxona, milliy bog’, davlat buyurtmalari. oziq zanjirlari, noyob va yo'qolib borayotgan turlar, bioxilma-xillik, Qizil kitob, qo'riqxonalar,buyurtmaxonalar. Qo’riqxonalar, Milliyva tabiatbog’lari, Tabiatyodgorliklari, buyurtmaxonalar
O`simliklarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida o`simliklarning roli. O'simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig'ida muhim rol o'ynaydi. Chunki o'simliklar sayyoramiz yuzsining guyoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda va inson hyoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi.
Yer sharida o'simliklar turi juda ko'p bo'lib, ularning juda oz qismidan kishilar xo'jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar. Yer sharidagi 300 ming o'simlik turidan faqat 6000 turini inson kundalik hayotida foydalansa, shuning 1500 turi esa dorivor o'simliklarga to'g'ri keladi.
O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd. t o'rmonlarga, 6 mlrd. t o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o'simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi.
O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha estetik zavq beradi.
O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun hom ashyo resursidir.
Dostları ilə paylaş: |