7 O`simlik hayvonat resurslari va uni muhofaza qilish. Reja


Milliy va tabiat bog’lari



Yüklə 191,8 Kb.
səhifə14/17
tarix16.12.2023
ölçüsü191,8 Kb.
#183245
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
7 мавзу

Milliy va tabiat bog’lari





Zomin milliy bog’lari





Sarmish davlat tabiiy milliy bog’



Uchom-Chotqol tabiiy milliy bo’gi


3-sxema


Tabiat yodgorliklari







Vardanzi



Yozyovon cholidagi tabiat yodgorliklari

Qo’riqxonalar atrof-muhitni muhofaza qilish ishida alohida ahamiyatga ega bo’lib, landshaftlarni, tabiat yodgorliklarini, o’simlik va hayvonot dunyosini, tuproqlarni muhofaza qilishda, ularni ilmiy jihatdan o’rganishda, ko’paytirishda, o’simlik va hayvonlar naslini saqlashda alohida rol ynaydi. Qo’riqxonalarning tabiatni muhofaza qilishdagi vazifalarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.



  1. Biror o’lka va tabiat mintaqasining xarakterli landshaftlarini tabiiy holda saqlash uchun bunyod etiladigan qo’riqxonalar. Bunday qo’riqxonalarda har bir tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy landshaftlar namunasi va landshaft elementlari, masalan, xarakterli manzara, relef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim tur o’simliklari va hayvonlar saqlanib qolinadi.

  2. Soni kamayib va turi yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonlarni qo’riqlash va ularni ko’paytirish uchun tashkil etiladigan qo’riqxonalar. Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining, xususan, qishloq xo’jaligining rivojlantirilishi, ko’plab yangi yerlar o’zlashtirib, ishga solinishi natijasida, sanoat korxonalarining ta’siri oqibatida tabiiy holda tarqalgan ayrim xil o’simliklar va hayvonlar turlari toboro kamayib, ba’zilarining yo’qolib ketishi xavfi tug’ilmoqda. Ma’lumki, inson barcha madaniy o’simlik va hayvonlarning tabiatdagi yovvoyi turlarini chatishtirish yo’li bilan vujudga keltiradi. Agar tabiiy o’simlik va hayvonlar yo’qolib ketsa, biz yangi turlar yaratish imkonidan mahrum bo’lamiz yoki hozircha foydasiz va hatto zararli hisoblangan ayrim o’simlik va hayvonlar kelajakda juda foydali bo’lib chiqar. Shuning uchun yo’qolib va kamayib borayotgan har qanday turniham saqlab qolish zarur.

  3. Qo’riqxona tabiatni, uning elementlarini, tabiat bilan organizm o’rtasidagi aloqalarni, ekologik sharoitni asl holida o’rganish uchun tabiiy laboratoriya va zifasini bajaradi. Qo’riqxonalarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Chunki taraqqiyot qonunlarini, tabiiy jarayonlar xarakteri va yo’nalishlarini faqat qo’riqxonalardagina tabiiy holda o’rganish mumkin.

  4. Qo’riqxonalar xalq xo’jaligi nuqtai nazaridanham g’oyat katta ahamiyatga ega. Qo’riqxonalardarmonvao’tloqo’simliklarini, ovhayvonlarini, ayniqsa, mo’ynali hayvonlar, suv parrandalarini, baliqlarni ko’paytirish va ular yashash joylarini yaxshilash borasida katta ishlar amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi qo’riqxonalar noyob hayvon va o’simliklar ko’paytiriladigan manbaga aylanib qolgan.

  5. Qo’riqxonalar madaniy, estetik va istirohat jihatidanham ahamiyatlidir. Qo’riqxonalarda tabiatning go’zal manzaralari, tabiat yodgorliklari, estetik ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik va hayvonlar namoyish qilinadi. Bu esa kishilarda estetik zavq uyg’otadi, tabiatni muhofaza qilishishining zarurligini his etishga va kishilarni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Bu vazifalarni bajarishda xalq hiyobonlari alohida o’rin tutmoq kerak. Chunki xalq istirohat bog’larining vazifalari qo’riqxonalar vazifalariga qaraganda ancha keng.


Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin