7 O`simlik hayvonat resurslari va uni muhofaza qilish. Reja



Yüklə 191,8 Kb.
səhifə11/17
tarix16.12.2023
ölçüsü191,8 Kb.
#183245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
7 мавзу

Threatened Species If a species is likely tobecome endangered in the near future, it is classifiedas a threatened species. The Australian koala, shownin Figure 8, is threatened. People once hunted koalasfor their fur. In the 1930s, people realized the koalawas in danger. Laws were passed that prohibited thekilling of koalas, and the koala populations began torecover. Koalas rely on certain species of Australianeucalyptus trees for food and shelter. After the 1930slaws were passed, Australia’s human population grewand the koala’s habitat began to disappear. By the year2000, nearly two-thirds of the koala’s habitat hadbeen lost to logging, agriculture, cities, and roads.
Muhofazaga olingan hududlar: Qo`riqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy bog`lar, tabiat yodgorliklari, ekomarkaz haqida tushuncha hosil qilish.
O’zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 1355,6 mingga. Ularga qo’riqxonalar, tabiat va milliy boglar, tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda uning yagona boshqa ko’rinishlariham mavjud.
Davlat qo’riqxonalari hukumat qaroriga asosan tashkil etiladi. Qo’riqxona hududidagi barcha narsalar va maydonlar xo’jalik faoliyatidan chiqariladi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Qo’riqxona – yer sharining ma’lum qismi tabiat komponentlarini tabiiy holicha saqlab qolish uchun ajratilgan joydir. Qo’riqxonalar tashkil etish yo’li bilan ma’lum tabiat uchastkalari va u erdagi hamma tabiat komponentlari (ajoyib relef shakllari, tog jinslarining yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan joylari, ochilib qolgan minerallar, ajoyib or, buloq, geyzer va kanallar, o’simliklar va hayvonot dunyosi) tabiiy holda saqlab qolinadi. Demak, biror geografik o’lka yoki geografik mintaqa uchun xarakterli bo’lgan joylar yoki tabiat komponentlari ilmiy jihatdan, iqtisodiy hamda madaniy tomondan qimmatli bo’lgan, tabiiy holati yaxshi saqlangan joylar qo’riqxonalar uchun ajratiladi. Bu joylarning tabiati xalq boyligi sifatida abadiy saqlanadi. Natijada, kelajak avlod qo’riqxonalar orqali cho’l va dasht yoki tayga o’rmonlari va tog’ ladshaftlari tabiiy holda qanday bo’lganligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Respublikada 9 ta qo’riqxona mavjud, ularning umumiy maydoni – 209607,3 ga.
Milliy tabiat bog’lari ma’lum maqsadlar uchun foydalanishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Hududni muhofaza qilish va foydalanish o’ziga xos rejimga asoslanadi. Milliy tabiat bog’lari bioxilma-xillikni saqlash va tabiatdan foydalanishning oqilonaligi va nazoratliligiga tayanadi. Respublikada 3 ta milliy tabiat bog’ mavjud.
Tabiat buyurtmalari respublika va mahalliy toifalarga bo’linadi. Davlat tabiat buyurtmalari xo’jalik yuritishdan to’liq ajratilmaydi, biroq hududdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rnatilgan tartibni saqlashlari lozim. Buyurtmalar doimiy bo’lmasligi mumkin. Ular alohida hayvon va o’simlik turlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Respublikada mavjud 11 ta buyurtmaning umumiy maydoni – 1716200 ga. Ularning tashkil etilish muddati cheksiz, ma’lum muddatli – 5 va undan ko’p yoki 5 yildan kam muddatli bo’lishi mumkin.
Tabiat yodgorliklari yerdan foydalanuvchilardan olinmagan holda tashkil etiladi. Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish o’sha hududdagi tashkilot zimmasida bo’ladi. Tabiat yodgorliklari tabiiy holda vujudga kelgan ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob tabiat ob’ektlaridir. Ular joylashgan hudud ishlab chiqarish ixtiyorida bo’lsada, yodgorliklarni saqlashga bo’lgan har qanday xatar ta’qiqlanadi. Respublikada bunday tabiat yodgorliklari ko’p. Ularning umumiy maydoni uncha katta emas – 3381,5 ga.

Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin