7-Sinf Biologiya bsb-1 O’if sinfi Toplagan ball



Yüklə 15,81 Kb.
tarix04.09.2023
ölçüsü15,81 Kb.
#141420
7-BSB-2


7-Sinf Biologiya BSB-1 O’IF___________________________Sinfi_______________Toplagan ball_________
1. Quyidagilar orasidan olma guli fo'rmulasini aniqlang?
A) Gk(5)Gt(5)Ch∞U1 B) Gk5Gt(5)Ch1-5U1 C) Gk5Gt5Ch∞U1 D) Gk(5)Gt5Ch∞U(3)
2. Murakkab boshoq(a) va murakkab soyabon(b) to'pgulga xos o'simliklarni aniqlang? 1) tok; 2)sabzi; 3) javdar; 4) piyoz; 5) bug'doy; 6) javdar; 7) bodiyon; 8) arpa; 9) nastarin;
A) a-1,9; b-2,3,4,5 B) a-6,7,9; b-2,4,5 C) a-6,8,9; b-2,4,7 D) a-5,6,8; b-2,7
3. O'simlik mevalarini qaysi meva xiliga kirishini aniqlang. 1) kartoshka; 2) soya; 3) karam; 4) chuchmoma; 5) sachratqi; 6) grechixa;
a) qo'zoq meva; b) yong'oq meva; c) dukak meva; d) pista meva; e) rezavor meva; f) ko'sak meva
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e; 6-f B) 3-a; 2-b; 6-c; 4-f; 6-d; 5-eC) 3-a; 6-b; 2-c; 5-d; 1-e; 4-f D) 4-a; 1-b; 5-c; 2-d; 6-e; 3-f
4. Urug' va mevalari shamol yordamida tarqaladigan o'simliklar nima deb ataladi?
A) avtoxoriya B) anemoxoriya C) entomoxoriya D) gidroxoriya
5. To'qima, organlar faolyatini gumoral boshqarishda ishtirok etuvchi sistemani aniqlang?
A) immun sistema B) endokrin sistema C) nerv sistema D) jinsiy sistema
6. Jabralar orqali(1), traxeyalar orqali(2), o'pka orqali(3) nafas oluvchi umurtqalilarni aniqlang?
a) chayonlar; b) hasharotlar; c) o'rgimchaklar; d) amfibiyalar; e) moluskalar; f) qisqichbaqalar; g) baliqlar
A) 1-e,f,g; 2-b,c; 3-a,d B) 1-e,f; 2-b,c; 3-a C) 1-g; 3-d C) 1-e,g; 2-b,c,d; 3-a
7. Refleks hosil bo’lishida nerv qo’zg’alishlari o’tadigan yo’lni aniqlang.
A) retseptor→oraliq neyron→sezuvchi neyron→harakatlantiruvchi neyron→ishchi organ; B) retseptor→sezuvchi neyron→harakatlantiruv chi neyron→oraliq neyron→muskul; C) retseptor→sezuvchi neyron→oraliq neyron→harakatlantiruvchi neyron→muskul; D) retseptor→sezuvchi neyron→muskul→oraliq
8. Qaysi organizmlarning bosh miyasida burmalar rivojlangan?
1) baliq; 2) mushuk; 3) timsoh; 4) maymun; 5) odam; 6) baqa; 7) g’oz;
A) 2,3,4,5 B) 2,4,5 C) 1,3,6,7 D) 2,5,7
9. Ular biosintez reaksiyalari uchun energiya manbai sifatida yorug’lik energiyasidan foydalanadilar. Bunday organizmlar ….deb ataladi. A) xemotroflar B) fototroflar C) getrotroflar D) A va B
10. O’simlik hujayrasining necha foizi suvdan iborat?

  1. 70-80% B) 70-95% C) 90-95% D) 25-75%

11. O’simliklarda nuklein kislotalar va fosfolipidlarning tarkibiy qismiga kiradigan(1) va oqsillar, nuklein kislotalar, fitogormonlar, aminokislotalar tarkibiga kiradigan(2) elementni aniqlang.
A) 1-azot; 2-oltingugurt B) 1-fosfor; 2-azot C) 1-fosfor; 2-oltingugurt D) 1-azot; 2-fosfor
12.Qanday oziqlanish turida hazm fermentlarning tashqi muhitga ajralishi,oziqning ferment ta’sirida parchalanishi organizim parchalanish mahsulotlarni qabul qilishi jarayoni yuz beradi
A)Golozoy oziqlanish B)Saprafit oziqlanish C)Parazit oziqlanish.D)Avtotrof oziqlanish
13. Quyidagi hayvonlarning nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi va uch juft nerv stvolidan iborat. Tananing ikki yonida joylashgan bir juft nerv stvoli yaxshi rivojlangan.
A) askarida, jigar qurti, oqplanariya, gijja B) oq planariya, qoramol tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti
C) jigar qurti, cho’chqa tasmasimon chuvalchangi, qoramol tasmasimon chuvalchangi D) oq planariya, jigar qurti, exinokkok, bortma n.
14. Quyidagi berilganlarning qaysi birlarida xilma-xil xatti harakatlari tufayli miyachasi yaxshi rivojlangan .
A)Amfibiyalar B)Baliqlar C) Reptiliyalar D)Cuvalchanglar.
15. Qaysi neyronning ishi hujayra va to’qimalarni oziqlantirish vazifasini bajaradi.
A)Neyrologiya B)Oraliq neyron. C)Sezuvchi neyron D)Hrakatlantiruvchi neyron
16. 5 ta organizmdan iborat bo’lgan oziqa zanjirini tuzing______________________________________________________________
17. O’simliklarga quyidagi minerallarning yetishmasligi qanday ta’sir qilishini yozing
N(Azot)_____________________________________Fe(Temir) ____________________________________________________
K(Kaliy)________________________________________Cu(mis)___________________________________________________
Zn(Rux)________________________________________.S(Oltingugurt)____________________________________________
18. Organizim organlar sistema tarkibiy qismlari ________________________________________________________________
19. O’simlik urug’ va mevalari qanday yo’llar orqali tarqalishini yozing?
Zooxoriya_____________________________________Avtoxoriya_________________________________________________
Anemoxoriya___________________________________Gidroxoriya________________________________________________
20. Qanday organlar sistemasini bilasiz misollar yozing___________________________________________________________
Izoh: 15 ta ochiq test uchun -2balldan 30 ball 5 ta yopiq testga 4 balldan-20 ball. Maksimal ball-50 ball
Yüklə 15,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin