o‘lchamini kerakli ravishda
o‘zgartirishingiz mumkin . Ushbu jarayonni
tasvirning
tomonlar nisbatini o‘zgartirmagan holda to‘g‘ri amalga oshirayotganingizga e’tibor
qiling.
Tasvirni keraksiz qismini qirqish uchun ushbu tasvirni tanlasangiz,
Format menyu oynasi paydo
bo‘ladi.
Format menyu oynasidan
Crop buyrug‘ini tanlang. Shunda tasvirning burchaklari va
yonlarida qalin qora chiziqlar paydo bo‘ladi.
Kursorni ushbu chetki hoshiya chiziqlaridan biriga joylang va sichqoncha tugmachasini bosib,
ushlab turing. Endi uni qirqish uchun kursorni tasvir boʻylab siljitish mumkin. Tasvirning qaysi
qismi oʻchirilishini koʻrishingiz mumkin. Chunki tasvirning bu qismi to‘q rang bilan belgilangan
bo‘ladi.
Tasvirning oʻlchamini oʻzgartirish uchun avval uni tanlang. Tasvirning burchaklari va yonlarida nuqta
paydo boʻlganini koʻrasiz. Kursorni nuqtalardan biriga joylashtiring, soʻng sichqoncha tugmachasini
bosib, ushlab siljiting. Endi tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun kursorni tasvir tomonga
yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.
Tasvir tomonlarining nisbatini saqlab qolish uchun tasvirning oʻlchamini oʻzgartirishda tasvirning
yon tomonidagi nuqtalardan emas, balki burchakdagi nuqtalardan birini ishlatganingizga ishonch
hosil qiling. Agar siz tasvirning nisbatlarini saqlamasangiz, uning sifati pasayadi va xunuk koʻrinadi.
Crop: tasvirning bir
qismini olib tashlash.
Oʻlchamini oʻzgartirish: tasvir oʻlchamini
oʻzgartirish.
Tomonlar nisbati: tasvirning eni va boʻyi
oʻrtasidagi nisbat.
Kalit so‘zlar 3-amaliy ko‘nikma