27
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Hujjatdagi matnning qatorlar orasidagi intervalni oʻzgartirish
1.
Oʻzgartirmoqchi boʻlgan matningizni belgilang.
2.
Layout
menyu oynasini oching va
Paragraph
bo‘limining o‘ng pastki qismida joylashgan
kichik strelkani bosing. Bu formatlash buyrug‘ining turli qiymatlari keltirilgan roʻyxatni ochadi.
3.
Spacing
maydonidagi qatorlar orasidagi interval variantini
Single
dan
Multiple
ga oʻzgartiring.
Shuningdek, qatorlar orasidagi intervalni “1.5 lines” yoki “another value”ga oʻzgartirishingiz ham
mumkin. “1.5 lines” sozlamasi qatorlar orasidagi yarim qator boʻshliqni hosil qiladi, “Double”
sozlamasi esa, matndagi qatorlar orasida butun boʻsh qatorni hosil qiladi.
Sahifa hoshiyasi
Hujjatga oxirgi formatlash shtrixini qo‘shish uchun uning har bir sahifasiga hoshiya joylashingiz
mumkin. Bu hujjatning alohida ajralib turishi va yaxshi ishlov berilganini koʻrsatishi mumkin.
Biroq, hoshiya yaxshi tanlangan va oddiy ekaniga ishonch hosil qilishingiz kerak. Aks holda u
hujjatning asl maqsadidan chalgʻitishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: