7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


-Mavzu: Osiyo mamlakatlari madaniyati



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/41
tarix02.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#151494
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
7-jahon test 2017

14-Mavzu: Osiyo mamlakatlari madaniyati

1. “Baytul-hikmat” – “donishmandlik uyi” kimning saroyida tashkil etiladi?


A) Mansur B) Horun ar-Rashid
C) Ma’mun D) Abul Abbos Abdulloh

2. Qachon “Baytul-hikmat” – “donishmandlik uyi” tashkil etiladi?


A) VIII asr boshlari B) VIII asr oxirlari
C) IX asr boshlari D) IX asr oxirlari

3. Qaysi shaharda “Baytul-hikmat” – “donishmandlik uyi” tashkil etiladi?


A) Madina B) Damashq
C) Makka D) Bag’dod

4. Qaysi xalifa davrida “Baytul-hikmat” – “donishmandlik uyi” o’ziga xos ilmiy maktabga aylanadi?


A) Mansur B) Horun ar-Rashid
C) Ma’mun D) Abul Abbos Abdulloh

5. Yevropa tibbiyoti XVII asrning o’rtalariga qadar bilim va amaliy tavsiyalarni O’rta Osiyoda yetishib chiqqan qaysi allomalar asarlaridan olgan?


A) Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg’oniy
C) Abu Rayhon Beruniy va Imom al-Buxoriy
D) Abu Nasr Farobiy va Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy

6. Kimning matematika tarixida birinchi bo’lib algebra faniga asos soladi?


A) Abu Ali ibn Sino ‘
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
C) Abu Rayhon Beruniy
D) Abu Nasr Farobiy

7. Arab xalifaligining qaysi shaharlarida rasadxonalar barpo etilgan?


A) Makka va Madina B) Bog’dod va Damashq
C) Qohira va Quddus D) Samarqand va Buxoro

8. Qaysi arab sayyohlari Hindiston va Xitoy, Afrika va Sharqiy Yevropa o’lkalari haqida asarlar yozib, xaritalarni tuzganlar?


A) Al-Ma’sudiy va Ibn Dast
B) Ibn Fadlan va Ibn Battuta
C) Ibn Arabshoh va Istaxriy
D) A, B

9. Musulmon adabiyoti dastlab qaysi tilde yaratilgan?


A) Turk B) Arab C) Fors D) Lotin

10. Musulmon adabiyoti nechanchi asrdan fors tiliga tarjima qilina boshlaydi?


A) IX asrda B) X asrda C) XI asrda D) XII asrda

11. Sarguzashtlar, afsona va ertaklar asosida yaratilgan arab adabiyotining ajoyib durdonasi?


A) “ Go’r o’g’li” B) “Alpomish”
C) “Ming bir kecha” D) “ Qirqqiz”

12. Al-Humro saroyi qayerda bunyod etilgan?


A) Buxoro B) Kordova C) Granada D) Qohira

13. Hasan masjidi qayerda bunyod etilgan?


A) Buxoro B) Kordova C) Granada D) Qohira

14. Ismoil Somoniy maqbarasi qayerda bunyod etilgan?


A) Buxoro B) Kordova C) Granada D) Qohira

15. Granada qayerda joylashgan?


A) Ispaniya B) Germaniya C) Italiya D) Angliya

16. Qaysi dinda tirik jonzodlarni tasvirlash taqiqlangani haqidagi aqida keng tarqalgan?


A) Buddaviylik B) Yahudiylik
C) Islom D) Xristianlik

17. Qaysi din uchun eng muqaddas tasvir xochdagi xudo siymosi bo’lgan?


A) Buddaviylik B) Yahudiylik
C) Islom D) Xristianlik

18. Arab yozuvi qayerda oromiy yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan?


A) Eron B) Misr C) Suriya D) Iroq

19. Arab yozuvi qachon oromiy yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan?


A) V asrda B) VI asrda C) VII asrda D) VIII asrda

20. Arab yozuvi nechta harfdan iborat?


A) 24 ta B) 28 ta C) 32 ta D) 36 ta

21. Musiqachi va qo’shiqchi Ziriyab qachon yashagan?


A) IX asrda B) X asrda C) XI asrda D) XII asrda

22. Kim hayotga yangi kiyimlar, tartiblar kiritishda beqiyos shaxs bo’lgan?


A) Al-Ma’sudiy B) Ibn Battuta
C) Al-Muqaddasiy D) Ziriyab

23. Kim turli fasllarda mavsumga qarab kiyinish tartibini joriy etgan?


A) Al-Ma’sudiy B) Ibn Battuta
C) Al-Muqaddasiy D) Ziriyab

24. Hindistonda katta qoyatoshlar yoki g’orlar ichida o’yib ishlangan ibodatxonalardan eng mashhuri?


A) Kandarya ibodatxonasi
B) Hosildorlik ibodatxonasi
C) Ajanta ibodatxonasi
D) Osmon ibodatxonasi

25. Qaysi ibodatxona mil. avv. II asrdan – milodiy VII asrga qadar g’or ichida o’yib ishlangan?


A) Kandarya ibodatxonasi
B) Hosildorlik ibodatxonasi
C) Ajanta ibodatxonasi
D) Osmon ibodatxonasi

26. Ajanta ibodatxonasi qayerda joylashgan?


A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron

27. Qadimgi me’morlar Hindistonda qoyalarga necha xonadan iborat ibodatxonalarni o’yib ishlagan?


A) 11 B) 17 C) 24 D) 29

30. Qaysi davlat eng qadimgi yozuvdan hozirga qadar foydalanib kelmoqda?


A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron

31. Xanlin akademiyasi qaysi davlatda mavjud bo’lgan?


A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron

32. Xanlin akademiyasi qachon tashkil qilingan?


A) V asrda B) VI asrda C) VII asrda D) VIII asrda

33. Xitoyliklar qachon selitradan porox olishni kashf qiladilar?


A) IX asrda B) X asrda C) XI asrda D) XII asrda

34. Qaysi davlatda porox kashf qilingan?


A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron

35. Porox dastlab nimada ishlatilgan?


A) Zambarakda B) Ibodatxonada
C) Mushakbozlikda D) Dehqonchilikda

36. 500 jildlik solnomalar Xitoyda qaysi sulola davriga oid?


A) U Day B) Sun C) Suy D) Tan

37. Xitoy maktablarida o’quvchilardan matematika, grammatikadan tashqari qaysi fanlarni bilish talab etilgan?


A) Tarix va mantiq B) Geografiya va fizika
C) Falsafa va adabiyot D) Kimyo va biologiya

38. Dunyoda birinchi gazeta “Poytaxt axboroti” qayerda chiqariladi?


A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron

39. “Poytaxt axboroti” gazetasi qachon chiqarilgan? A) V asrda B) VI asrda C) VII asrda D) VIII asrda


40. Dastlabki pantomime – imo teatri qayerda tashkil etilgan?


A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin