39-mavzu: O’rta asrlarda Koreya.
1.Koreyada tashkil topgan ilk qadimiy davlat to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang?
A)Koguryo davlati B)Qadimgi Choson davlati* C)Parxe davlati D)Silla davlati
2.Quyidagi keltirilgan qirolliklardan qaysi birining ma’nosi “Tongi tarovat” ma’nosini anglatadi?
A)Koguryo B)Choson* C)Parxe D)Silla
3.Mill. avv. 2333 yilda asos solingan Choson davlatining asoschisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Van Gon B)Sechjon Buyuk C)Li Son Ge D)Tangun*
4.Qadimgi Choson davlati hukm surgan yillar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Mill. avv.1233 – mill. avv. II asr* C)Mill. avv.1233-1134yy.
B)Mill. avv.1236 – mill.avv. II asr D)Mill. avv.1236-1147yy.
5.Koreys halqining halq bo’lib shakllanishini koreyslar qaysi hukmdor nomi bilan bog’laydilar?
A)Van Gon B)Sechon Buyuk C)Li Son Ge D)Tangun*
6.Qadimgi Choson qirolligi qachon uch qirollikka bo’linib ketdi?
A)Mill. avv. II asrda B)Mill. avv. III asrda C)Mill. avv. I asrda* D)Mill. avv. IV asrda
7.Qadimgi Choson o’rnida tashkil topgan qirolliklar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
1.Pekche 2.Silla 3.Koryo 4.Koguryo 5.Parxe 6.Yangi Choson
A)1,2,4* B)3,5,6 C)1,4,6 D)2,4,5
8.Qadimgi Choson davlati nima sababdan parchalanib ketdi?
A)Yaponiya davlatining hujumi natijasida
B)Mayda feodal davlatlar vujudga kelishi natijasida
C)Hindiston davlatining hujumi natijasida
D)Xitoyliklar bilan o’zaro kurash natijasida*
9.Koreya yarimorolining shimoliy qismi, Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Koguryo* B)Parxe C)Koryo D)Choson
10.IV-V asrlarda Koreyada hukmronlik qilgan yirik davlat to’g’ri berilgan qatorni belgilang?
A)Koguryo* B)Silla C)Koryo D)Yangi Choson
11.Koguryo qirolligining qo’shinlari o’zining qaysi jihatlari ajralib turar edi?
A)Koguryo qirolligi hududi jihatdan boshqa qirolliklar hududiga qaraganda kengaytirilishida kata xissa qo’shganlar.
B)Yapon qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarishda ko’rsatgan jasoratlari
C)Kuchli jangovorliklari va birin-ketin qo’shni hududlarni zabt eta olganliklari*
D)Koreya yarimorolini to’liq birlashtirishdagi jasoratlari
12.Qadimgi Choson qirolligiga qayerda asos solingan?
A)Pxenyanda* B)Xansonda C)Sonakda D)Kegyon
13.Milodiy 313 yilda…..
A)Koguryo qirolligi parchalanib ketdi
B)Koguryo qirolligi xitoyliklarni batamom o’z hududidan haydab chiqardilar*
C)Pulguksa ibodatxonasi qurildi
D)Parxe qirolligiga asos solindi
14.Koguryo o’rnida qaysi davlat vujudga keldi?
A)Parxe* B)Koryo C)Silla D)Pekche
15.IX asrning birinchi yarmida o’zining qudrat cho’qqisiga chiqqan qirollik qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)Silla qirolligi B)Parxe qirolligi* C)Choson qirolligi D)Koryo qirolligi
16.Parxe qirolligi Yaponiya davlati bilan qachon elchilik aloqalarini o’rnatgan?
A)IX asr oxirlarida B)X asr boshlarida C)IX boshlarida* D)X asr boshlarida
17.Ko’chmanchi kidanlar zarbasidan keyin parchalanib ketgan qirollik qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Pekche B)Silla C)Koguryo D)Parxe*
18.X asrda…
A)Koguryo qirolligi xitoylarni to’liq zabt etdi
B)Parxe qirolligi o’zining qudrat cho’qqisiga chiqdi
C)Parxe qirolligi parchalanib ketdi*
D)Silla qirolligi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzdi
19.Pekche qirolligi hukmronlik qilgan hudud qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Koreya yarim orolining shimoliy qismi
B)Lyaodun yarimoroli
C)Koreya yarim orolining janubiy qismi*
D)Koreya yarimorolining janubi-sharqiy qismi
20.Pekche qirolligi qachon vujudga keldi?
A)IV-V asr B)III-IV asr* C)II-III asr D)V-VI asr
21.IV asrda bo’lib o’tgan voqelikka quyidagi javoblarning qaysi biri to’g’ri keladi
A)Choson qirolligiga asos solindi
B)Silla qirolligining oltin davri boshlandi
C)Pekche qirolligi markazlashgan davlatga aylandi*
Koguryo qirolligi parchalanib ketdi
22.Pekche qirolligiga ilk budda tasvirlari qaysi davlatdan kirib keldi?
A)Xitoy B)Bengaliya C)Yaponiya* D)Hindiston
23.Yaponiya taxt vorisiga ustozlik qilgan pekchelik olim qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Van In* B)Kutxe C)Van Gon D)Xyon
24.O’rta asrlarda pechkelik tabib, hunarmand va olimlar qaysi davlatning ijtimoiy va madaniy hayoti asoslarini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan?
A)Xitoy B)Hindiston C)Janubiy Koreya D)Yaponiya*
25.Koreyaga xitoy yozuvlari va iyerogliflari qaysi sulola hikmronligi davrida kirib keldi?
A)Parxe qirolligi davrida C)Silla qirolligi davrida
B)Choson qirolligi davrida D)Pekche qirolligi davrida
26.Buddizm dini Koreyaga qaysi davlatdan kirib kelgan?
A)Hindiston B)Xitoy* C)Yaponiya D)Bengaliya
27.Silla qirolligi Koreya yarimorolining qaysi hududlarida tashkil topdi?
A)Koreya yarimorolining shimoliy qismlarida
B)Lyaodun yarim orolida
C)Koreya yarimorolining janubiy qismlarida
D)Koreya yarimorolining janubiy-sharqiy qismlarida*
28.Koreyada tashkil topgan Uch qirollik ichida dastlab eng zaif va kam taraqqiy etgan qirollik qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)Silla qirolligi* B)Pekche C)Koguryo D)Perxe
29.668 yilda….
1.Koreyaga buddizm dini kirib keldi 2.Silla qirllogining oltin davri boshlandi 3.Koryo sulolasiga asos solindi 4.Silla qirolligi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzdi 5.Pekche markazlashgan davlatga aylandi. 6.Silla qirolligi Koreya yarimorolini o’z qo’l ostida birlashtirdi
A)1,6 B)2,4 C)4,6* D)3,5
30.668 yilda ro’y bermagan voqealar qatorini belgilan?
A)Silla qirolligining oltin davri boshlandi*
B)Silla qirolligi Xitoy bilan ittifoqchilik shartnomasi tuzdi
C)Koreya yarimoroli Silla qirolligi tomonidan birlashtirildi
D)Koreya yana yagona davlatga aylandi
31.Tan imperiyasi bilan Silla qirolligi nechanchi yili ittifoq shartnomasi tuzdi?
A)678 yil B)668 yil* C)723 yil D)704 yil
32.Silla qirolligining oltin davri qaysi asrdan boshlandi?
A)VI asr B)VII asr C)VIII asr* D)IX asr
33.Milliy koreys universitetiga qachon asos solindi?
A)VII asr boshlarida C)VII asr oxirlarida
B)VIII asr o’rtalarida* D)VIII asr oxirlarida
34.Milliy koreys universitetida qaysi halqlar mumtoz adabiyoti o’rganildi?
A)yapon halqlari B)koreys halqlari C)xitoy halqlari* D)hind halqlari
35.Koreyadagi Pulguksa ibodatxonasi qaysi qirollik davrida bunyod etilgan?
A)Koryo B)Silla* C)Koguryo D)Choson
36.Koryo sulolasining asoschisi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)Kyonsun B)Van Xyogun C)Van Gon* D)Li Son Ge
37.Koryo sulolasi hukmronlik qilgan yillar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)917-1394 yy. B)918-1392 yy.* C)1392-1910 yy. D)1394-1910 yy.
38.Koryo qirolligining poytaxti qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)Sonak* B)Xanson C)Kegyon D)Pxenyan
39.Hozirgi Shimoliy Koreyadagi qaysi shahar qadimda Sonak deb atalgan edi?
A)Pxenyan B)Tegu C)Keson* D)Kvanju
40.Koreya davlatining nomi qadimgi qaysi qirollik nomidan kelib chiqqan?
A)Koguryo B)Choson C)Koryo* D)Silla
41.Mo’g’ullar tomonidan Koryo qirolligi qachon zabt etildi?
A)1228 yil B)1230 yil C)1231 yil* D)1232 yil
42.Mo’gu’llar Koryo qirolligini bosib olgach, qaysi yilgacha hukmronlik qilgan?
A)1368 yilgacha* B) 1345 yilgacha C)1372 yilgacha D) 1365 yilgacha
43.So’ngi Koryo hukmdorini taxtdan kim chetlatdi?
A)Sechjon Buyuk B)Li Son Ge* C)Kyonsun D)Kyonxvon
44.Koryo qirolligidan keyin qaysi sulolaga asos solindi?
A)Li* B)Koguryo C)Qadimgi Choson D)Parxe
45.Li sulolasi hukmronlik qilgan yillar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)1389-1556 yy. B)1394-1910 yy. C)1392-1734 yy. D)1392-1910 yy.
46.Kimning davrida Li sulolasi yana Choson nomini olgan?
A)Li Son Ge* B)Sechjon Buyuk C)Van Gon D)Kyongun
47.Yangi Choson davlatining poytaxti qaysi shaharga ko’chirildi ?
A)Xanson* B)Sonak C)Pxenyan D)Kegyon
48.Yangi Choson davlatining birinchi poytaxti qaysi shahar edi?
A)Xanson B)Sonak C)Pxenyan D)Kyongun*
49.Qadimgi Xanson shahrining hozirgi nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Keson B)Sonak C)Seul* D)Pxenyan
50.Choson qirolligi qaysiasrlarda iqtisodiy, madaniy jihatdan yuksaldi?
A)XV asr B)XV asr o’rtalari* C)XIV asr D)XIV asr o’rtalari
51.Sechjon Buyuk qaysi yillari hukmronlik qilgan?
A)1417-1450 yy. B)1418-1450 yy.* C)1427-1460 yy. D)1431-1450 yy.
52.Quyidagi qaysi koreys hukmdori iqtidorli va donishmand hukmdor bo’lganligi haqida ma’lumotlarda yozib qoldirilgan?
A)Van Gon B)Li Son Ge C)Sechjon Buyuk* D)Kyonxvon
53.Choson davlati hukmdori Sechjon Buyuk ishtrokida ko’plab fan yutuqlari qo’lga kiritildi va islohotlar amalga oshirilgan. Quyidagi berilgan javoblardan qaysi biri S. Buyuk davriga to’g’ri kelmaydi?
A)Uning davrida yangi taqvim tuziladi, yomg’irni aniqlaydigan asbob yaratildi
B)Polguska ibodatxonasini qurdirdi, Xitoy istilochilari mamlakat hududidan haydab chiqarildi, soliq tizimi tartibga solindi*
C)Quyosh va suv soatlari,yulduzlar haritasi, koreys alifbosi yaratildi.
D)Soliq tizimida islohotlar o’tkazidi
Dostları ilə paylaş: |