7-”V” sinf matematika darsi
Mavzu: Burchaklarni o'lchash. Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarning burchak va uni transportir yordamida o'lchash haqidagi tushunchasini shakllantirish.
b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni ongli intizom ruhida tarbiyalash hamda ularda chizmalar asosida estetik didni shakllantirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda mustaqil ishlash qobiliyatini va hozirjavoblikni oshirish.
Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:Matematik tushunchalarni tasavvur qilish va anglash.Mantiqiy tahlil. Matematik bilimlarni amaliyotda qo'llash.
Amaliyotga oshirish usuli: amaliy masalalarni yechish.Nutqda matematik terminlarni savodli qo'llay olish.Tashabbus ko'rsatish,tadbirkorlik,masalalar yechishda faoliyat ko'rsatish bo'yicha bilimlarni oshirish.
Dars turi:yangi bilim berish.
Dars jihozi: AKT, darslik.
Tashkiliy qism:
Uy vazifasini tekshirish: №14 O nuqtadan chiquvchi OP, OR, OS nurlarni chizing. Hosil bo'lgan barcha burchaklarni yozing. Bu nurlar tekislikni nechta bo'lakka ajratadi?
Bu nurlar tekislikni 3 ta bo'lakka ajratadi.
№15 Daftar katagidan foydalanib to'g'ri burchak chizing va uni belgilang.
№16 a) tomonlari 4 sm va 6 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchak chizing. b) tomoni 5 sm bo'lgan kvadrat chizing. Hosil bo'lgan to'g'ri burchaklarni yozing. a) AB=CD= 6 sm
b) AC=BD= 4 sm