Investitsiyalarni moliyalashtirishda chet el investitsiyalarning o’rni.
Investision faoliyatda erishilgan aniq yutuq va muvaffaqiyatlarning
keng va atroflicha tahlili, shu asosdagi muhim amaliy xulosalar, kelgusida e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan eng dolzarb masalalar orasida mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanish dasturlarini belgilashda, albatta, asosiy e’tibor xorijiy investisiyalarga qaratilayotganligini ta’kidlash kerak. Investision jozibadorlikni oshirish orqali quyidagilarga erishish mumkin: - iqtisodiyotga milliy va xorijiy investisiya kirishi faollashadi, undan to‘g‘ri foydalanish natijasida real sektorga zamonaviy va resurs tejamkor texnikatexnologiya olib kelinadi, mavjudlari modernizatsiya qilinadi va tannarxi nisbatan past raqobatbardosh, exportga va milliy bozorga mo‘ljallangan
tovar ishlab chiqariladi; - milliy va xorijiy investisiyadan foydalangan xolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish singari tarmoqlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; - mamlakatda yangi tadbirkorlik sub’ektlarini shakllantirish va shu orqali ichki bozorda raqobat muxitini yaxshilash, axolini sifatli va arzon maxsulotlar bilan ta’minlash imkoni bo‘ladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Investisiya faoliyatini moliyalashtirish bir qancha manbalardan xosil bo‘ladi. Hozirgi kunda Respublikamizda investisiya faoliyatini moliyalashtirishning kuyidagi manbalari mavjuddir: 1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg‘armalari. 2.Bank kreditlari xisobidan moliyalashtirish. 3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashkari fondlar mablag‘lari xisobiga moliyalashtirish. 4.Xorijiy investisiyalar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, xorij kapitali, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish investisiyalashda eng samarali vosita hisoblanadi. Aynan xorijiy investisiyalar mamlakatda iqtisodiy va texnologik jarayonini harakatlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida.
"Investitsiya” tushunchasining mazmuni.
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Boisi mazkur faoliyat mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga
va rivojlantirishga, iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o’sishiga xizmat qiladi. Shu bois investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi har bir davlat o’zining bu boradagi aniq maqsadlarini ifodalovchi yo’l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag’batlantirish bo’yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqildi. Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” gi PF-60-son Farmonini ta’kidlab o’tish joiz. Mazkur farmonda mamalakatimizda investitsiya jozibadorligini oshirishni, biznes muhitini yaxshilashni nazarda tutuvchi aniq rejalar o’z ifodasini topgan. Bular qatorida mahaliy va xorijiy investorlarga O’zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini namoyon etishga hamda mahalliy va xorijiy investorlar bilan o’zaro muloqotni yo’lga qo’yishga qaratilgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni har yili o’tkazishni yo’lga qo’yish alohida e’tirofga ega. Investitsion faoliyatning rivojlanishini ko’zlovchi mazkur harakatlar uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to’liq tushunish hamda yoritib berishni taqozo etadi. Investitsion faoliyat tushunchasi investitsiya hamda investor kabi tushunchalarga asoslangan bo’lib, bu bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun dastlab mazkur tushunchalar haqida so’z yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. “Investitsiya” atamasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “invest”, ya’ni “qo’yilma” degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, investitsiya deganda foyda olish yoki boshqa foydali maqsadga erishish uchun tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatga jalb qilinadigan pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, moddiy va nomoddiy boyliklar,
shu jumladan, mol-mulkka bo’lgan huquqlar nazarda tutiladi.
Ipoteka krediti: mohiyati va ahamiyati.
Ipoteka krediti - bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan hamda ko‘chmas mulk garovi asosida qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Ipoteka krediti kreditning boshqa turlaridan kredit muddatining uzokligi, kreditning karz oluvchi uchun katta xayotiy zaruriyati va axamiyati, kredit kiymatiga kreditor daromadi va sotib olgan resurs kiymati xam kirishi, kredit buyicha foiz stavkasi birlamchi tulovning mikdori, kuchmas mulkning xolati va kiymatiga boglikligi bilan farklanadi.
Shuningdek, ushbu kredit kuchmas mulk bilan ta’minlanganligi sababli boshqa kreditlarga nisbatan riskning pastligi, bankning barkaror mijozlar bilan ta’minlanganligi ipoteka kreditining ijobiy kirralarini kursatadi.
- Ipoteka kreditining mamlakatimizda rivojlanish boskichlari.
- Mamlakatimizda 1996 yilga kadar fakatgina DT”Xalk banki” uz mijozlariga ipoteka kreditlarini takdim etgan.
- Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1996 yil 31 yanvardagi ”Toshken shaxrida uy-joy kurilishini davlat tomonidan kullab-kuvvatlashni kuchaytirish tugrisida”gi xamda 1997 yil 24 martdagi ”Uzbekiston Respublikasida uy-joy kurilishidagi isloxotlarni chukurlashtirish buyicha chora-tadbirlari tugrisida”gi Farmonlari yuzasidan yurtimizda ipotekaviy munosabatlarning yangi
boskichi boshlandi. Shu bilan bir katorda ”Uzuyjoyjamgarma bank” tashkil etildi va axolini uy-joy bilan ta’minlashga oid kator ishlar boshlab yuborildi.
- Bunda uylar imtiyozli shartlar asosida berila boshlandi:
- Uy-joy kiymatining 20%-kredit oluvchinig jamgariladigan omonatiga.
- Uy-joy kiymatinig 30%-kreditni imtiyozli shartlar asosida olish
- Uy-joy kiymatinig 50%-davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilgan.
- 1996-2005 yillar oraligida 6,5 mingta jami 13,8 mlrd.sumlik kreditlar,7000ta kvartira bank tomonidan takdim etilgan.
- 2005 yil 16 fevraldagi I.A.Karimovning ”Uy-joy kurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PK-10 sonli Karori chiqarildi va shu bilan ipoteka munosabatlarining yangi boskichi boshlandi.
- Ipoteka krediti berilishining huquqiy asoslari
- Hozirgi kunda mamlakatimizda ipotekaviy kreditlash jarayonida sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarini bevosita hamda bilvosita tartibga soluvchi quyidagi qonunchilik va qonun osti me’yoriy xujjatlar amal qilmoqda:
- Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi;
- Uzbekiston Respublikasi ”Garov tugrisida”gi Qonuni;
- Uzbekiston Respublikasi «Ipoteka krediti tugrisida» Qonuni;
- Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 yanvardagi ”Toshken shaxrida uy-joy kurilishini davlat tomonidan kullab-kuvvatlashni kuchaytirish tugrisida”gi xamda 1997 yil 24 martdagi ”Uzbekiston Respublikasida uy-joy kurilishidagi isloxotlarni chukurlashtirish buyicha chora-tadbirlari tugrisida”gi
Farmonlari;
- Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi ”Uy-joy kurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PK-10 sonli Karori;
- «Yuridik va jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish tartiblari tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi MBning yuriknomalari;
- Tijorat banklarining uz resurs va imkoniyatlaridan kelib chikkan xolda ipoteka kreditlarini berish tugrisidagi Nizomlari.
- O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish soxasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2005 yil 14 iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
- Yuridik shaxslarga ipoteka krediti berish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati bilan belgilanadi.
- Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- -qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi
va namunaviy loyixa asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;
- -yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.
- Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
- Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamgarmasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) imtiyozli kredit liniyalari;
- -kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari;
- -tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb qilgan mablag‘lari.
- Ipoteka krediti:
- -qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer
uchastkasi bilan birga;
- ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o‘tadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani;
- -qarz oluvchining mulki bo‘lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qo‘ygan xolda amalga oshiriladi.
- Muomaladan olib qo‘yilgan va begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka predmeti bo‘lishi mumkin emas.
- Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati bo‘yicha huquqlari garov xati bilantasdiqlanishi mumkin.
- Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
- Ipoteka krediti muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbaiga bog‘liq xolda quyidagi tartibda belgilanadi:
- 1) Jamg‘armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar uch yillik imtiyozli davr va foiz stavkasi bilan kamida 15 yil muddatga beriladi, foiz stavkasi miqdori Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan xar bir kredit liniyasi bo‘yicha tasdiqlanadi va u yiliga 5 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas;
- 2) kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kreditlar, tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish uchun bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablag‘larni
berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib
chiqqan holda belgilanadi;
- 3) tijorat bankining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
- Tijorat banki tomonidan Jamg‘armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladgan ipoteka krediti miqdori:
- -yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigachani;
- -yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - eng kam oylik ish xaqining 2500 baravarigachani tashkil etadi.
- Tijorat banki tomonidan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
- Jamg‘armaning kredit liniyalari, shuningdek tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
- Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablag‘lari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan xolda belgilanadi.
- Ariza beruvchi Jamgarmaning kredit liniyalari, tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
-
-quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining;
- -uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.