7-variant topshiriq



Yüklə 96,55 Kb.
səhifə7/9
tarix15.06.2023
ölçüsü96,55 Kb.
#130572
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-variant

Integratsiya bu…


Iqtisodiy integratsiya — turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻrnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi.
Iqtisodiy integratsiyalarning misoli sifatida Yevropa Ittifoqi, Sovet Ittifoqi va u parchalanganidan soʻng Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi keltirilishi mumkin.
  1. Monopoliya – bu…




Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi

    1. TOPSHIRIQ




Yüklə 96,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin