Zamonaviy O’zbekiston – butun mintaqaning barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi Markaziy Osiyo mintaqasida etakchi sanoat davlatidir. Zamonaviy O’zbekiston iqtisodiyotining xorijiy kompaniyalar uchun taqdim etadigan afzalliklari orasida siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, qulay iqlim sharoitlari, mehmondo’st va mehnatsevar xalq va boshqalarni o’z ichiga oladi.
O’zbekistonda biznesni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillari orasida: boy resurs bazasi, yirik mintaqaviy bozorlarning markazida qulay jo’g’rofiy joylashuvi, xalqaro ahamiyatga ega yer va havo kommunikatsiyalari tarmog’i, diversifikatsiyalangan sanoat bazasi va respublikaning ilmiy va intellektual kadrlar salohiyatiga integratsiyalangan transport-logistika tizimi mavjud.
|
Bugungi kunda O’zbekistonda 91 ta oliy o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatmoqda.Bundan tashqari Britaniya, Singapur, Italiya, Rossiya oliy o’quv yurtlarining filiallari mavjud.Universitetlarning yarmi texnik, maxsus soha mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
O’zbekistonning tarixiy shakllangan boy ilmiy madaniyati, keng ko’lamli ilmiy va amaliy tashkilotlarning tarmog’i iqtisodiy taraqqiyotning ilg’or innovatsion mexanizmlarini rivojlantirish uchun obyektiv shart-sharoitlarni yaratadi.
1943 yildan buyon dunyoning yetakchi ilmiy bazalaridan biri bo’lgan O’zbekiston – 18 ta tadqiqot institutlarini birlashtirgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi – bu mintaqada «innovatsiya markazi» dir.
|
Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiya-lar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
|