7. Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish


Tayyor mahsulot (ish, xizmat, tovar)lar va ularning sotilishini hisobga olish



Yüklə 42,79 Kb.
səhifə3/8
tarix16.05.2023
ölçüsü42,79 Kb.
#114001
1   2   3   4   5   6   7   8
8. Tayyor mahsulot (ish, xizmat, tovar)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xo‘jaligi va aholining ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchibosqichi hisoblanadi.
Tayyor mahsulot deb – korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxona-lar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga karashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi. Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga karab, mivdori, soni va ogirligini tavsiflab beradi, bu ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ni natura ko‘rsatkich-larining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini ifodalaydi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;

  2. Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazoraturnatish;

  3. Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasiningbajarilishini nazorat qilish;

  4. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr harajatlarinio‘zvaqtida aniq hisob-kitob qilish;

Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar. Korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum miqdorida ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish zahiralari xo‘jalik yurituvchisubyektning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish zahiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‘zida tula utkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgi, ehtiyot qismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Korxona uchun zarur bo‘ladigan oborot mablag‘larining umumiy miqdori tegishli vazirliklar timonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha normativlarni korxonaning o‘zi mustaqil belgilaydi.
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin