Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan,paxta, ruda va boshqalar;
Materiallar - xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo‘llaniladigan va mahsulotga ma’lumiste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir.
narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon bahoda baholanishi mumkin:
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»
2820-«Kurgazmadagi tayyor mahsulot»
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot»
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa hisobvaraqlarnyng krediti bilan korrespondentsiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi hujjat- asosida haridorlarga jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi.To‘lov-talabnoma. Mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun haridorning hisob-kitob schyotidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti kayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura, albatta, to‘lov-talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Mahsulotni realizatsiya qilish bir kancha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday turdagi harajatlar sotish harajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi harajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida,aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.