716 inson va fuqaroning huquq va erkinliklari tushunchasi va tasnifi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix04.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#152026
  1   2   3
inson-va-fuqaroning-huquq-va-erkinliklari-tushunchasi-va-tasnifi



716 
INSON VA FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI TUSHUNCHASI VA 
TASNIFI 
MATKOMILOV G’ANISHER BAXTIYOR O’G’LI 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi 
Kalit so’zlar
: fuqaro, erkinlik, shaxs, inson huquqlari, konstitutsiya. 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inson va fuqaroning huquqi va erkinligi haqida 
tushuncha berilib, ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o’rni ko’rib 
chiqilgan. 
Inson va fuqaroning huquqi hamda erkinligi bir-biridan farq qiluvchi tushunchadir, 
shuning uchun oldin inson va fuqaroni bir-biridan farqlashimiz zarur. Inson - bu tabiatda, 
real hayotda, jamiyatda yashovchi har kimga nisbatan ishlatilishi mumkin. Fuqaro esa 
ma’lum bir davlat bilan huquqiy aloqalarga kirisha oladigan shaxs. Ya’ni, inson huquqlari 
- umumiy tushuncha. Fuqaro huquqlari esa shaxsning ma’lum bir davlat huquqiy 
aloqasini anglatadi, ya’ni bunda fuqaroning huquqlari biron-bir davlat bilan cheklanib 
qo‘yishi yoki boshqa davlat fuqarolari bilan solishtirganda, aksincha, unga ko‘proq 
huquqlar berilishi mumkin. Umumiy aytganda, fuqarolarning barcha huquqlari inson 
huquqlari tarkibiga kiradi. Xuddi shunday, inson erkinligi ham fuqaro erkinligiga 
nisbatan kengroq tushunchadir. Inson erkinligi – bu har bir kishining o‘z istagi bo‘yicha 
erkin ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika 
kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi, 
matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik o‘zi boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan 
tartibni ifodalaydi. Erkinlik insoniyatning jamiyat oldidagi bajarishi kerak bo‘lgan 
vazifasini erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, ma’naviy ta’qibdan, 
zo’ravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik o‘z baxtini o‘zi yaratish vositasi 
bo‘lib, insonning o‘zligini anglash darajasini ifodalaydi. Yana shuni aytish kerakki, shaxs 
erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Abu Mansur 
Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga o‘z 
xatti-harakatlarida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, to‘g‘ri 
yoki egri yo‘lni tanlash erkinligini berdi, deb ta’kidlagan. Fuqaro erkinligi – insonga 


717 
bekam-u ko‘st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy 
sohalarda o‘z imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini ta’minlovchi huquqiy 
maqom. 
Inson huquqlari muammosi – hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan. 
Inson huquqlari – bu jamiyatning eng oliy qadriyati, himmatidir. Inson huquqlari – bu
butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli 
tushunchadir. Inson huquqlari – bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir. 
Inson huquqlari – bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson 
huquqlari har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim 
mezondir. Shuning uchun ham inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy 
tizimda muhim o‘rin tutadi. Insoniyat o‘z tarixiy rivolanishi jarayonida inson huquqlariga 
oid qonunchilik – bu inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari haqida qonunlar 
majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy 
qonunlar kiradi. 
Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik o‘z taraqqiyotida uch katta bosqichni 
bosib o‘tgan. 
Birinchi bosqich – 1789-yilgi inson va fuqaro huquqlari fransuz deklaratsiyasidan 
boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda insonning shaxsiy 
va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan. 
Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e’tibor quyidagi muammolarni 
huquqiy tartibga solishga qaratilgan: 
-shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi;
-shaxs daxlsizligi;
-xususiy mulk huquqi;
-saylov huquqi turli seznlar bilan cheklangan bo‘lsa-da. 
Ikkinchi bosqichi – XX asrning birinchi yarmini o‘z ichiga olgan. Bu bosqichda 
sotsial yo‘nalish demokratiya ta’sirida insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid 
qonunchilik tez rivojlangan. 
Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi 
to‘g‘risidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin