8- laboratoriya ishi istok qaytargich sxemasini tadqiq etish Ishning maqsadi



Yüklə 62,75 Kb.
səhifə1/2
tarix03.05.2023
ölçüsü62,75 Kb.
#106442
  1   2

8- LABORATORIYA ISHI
Istok qaytargich sxemasini tadqiq etish
Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistorda yasalgan istok qaytargich sxemasini tadqiq qilish, uning differensial parametrlarini o‘lchash, dinamik xarakteristikalarini tahlil qilish.


1. Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Maydoniy tranzistorlarda tok elektr maydoni ta’sirida erkin zaryad tashuvchilarning dreyf harakati tufayli hosil bo‘ladi. Tok hosil qiluvchi o‘tkazgich qatlam kanal deb ataladi va u nkanalli va p – kanalli bo‘lishi mumkin. Kanal chekkalariga elektrodlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning biri istok, ikkinchisi esa stok deb ataladi. Elektrodlardan qay biri istok, qaysinisi stok deb olinishining ahamiyati yo’q. Zaryad tashuvchilar qaysi elektroddan kanalga oqsa, o’sha elektrod istok deb, zaryad tashuvchilarni kanaldan o‘ziga qabul qiluvchi elektrod esa stok deb belgilanadi. Uchinchi elektrod – zatvor yordamida kanaldagi tok qiymati ko‘ndalang elektr maydon bilan boshqariladi.
Tuzilmasi va kanal sohasi o‘tkazuvchanligini boshqarish usuliga ko‘ra MTlarning bir – biridan farqlanuvchi ikki turi bor.
a). UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad (istok qaytargich). UI ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 8.1-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada n – kanali p – n o‘tish bilan boshqariladigan MT qo‘llanilgan.
Sxemada stok elektrodi umumiy shinaga kuchlanish manbai YeM ning juda kichik qarshiligi orqali ulangan, ya’ni stok elektrodi kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiydir.
Istok qaytargichda chiqish signali amplitudasi kirishdagi signal amplitudasi va fazasini qaytaradi. Bu ikki omil kaskadning kuchlanish qaytargich deb atalishiga asos bo‘ldi. Kuchaytirish koeffisiyentining birga yaqin qiymati 100 % li manfiy teskari aloqa (TA) hisobiga hosil bo‘ladi.

8.1-rasm. US ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning sxemasi.
r–n o‘tish bilan boshqariladigan MTni kuchlanish qaytargichning kirish qarshiligi teskari siljitilgan boshqaruvchi r–n o‘tishning differensial qarshiligidan iborat bo‘ladi.

Yüklə 62,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin