8 – laboratoriya mashg‘uloti mavzu: Ildiz zonalari. Ildizning anatomik tuzilishi. Mashg’ulot maqsadi



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə2/4
tarix22.09.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#146789
1   2   3   4
8-лаб

1. Ildizning birlamchi tuzilishi. Ildizning birlamchi tuzi­lishini gulsavsar ildizidan tayyorlangan preparatda ko’riladi, uning ildizi tashqi tomondan bir qavat tirik hujayralar bilan o’ralgan. Bu hujayralarning ayrimlari tashqariga bo’rtib o’sadi va ildiz tukini hosil qiladi. Ildizning bu qavatini epiblema deb ataladi. Epiblema ildiz tukchalari yordamida tuproqdan suvni so’rib oladi, shuning uchun so’ruvchi zo­na ham deb ataladi. Uning ostida o’lik hujay­ralardan tashkil topgan bir-ikki qavat ekzoderma joy­lashgan. Bu hujayralar orasida tirik hujayralar ham joylashgan bo’lib, bular orqali ildiz tukchalari so’rib olgan suv va mineral moddalar ichka­riga o’tadi. Ekzoderma – tashqi po’st demakdir. Il­diz­ning tukli qavati halok bo’lgandan so’ng ekzoderma qoplovchi vazifa­sini ba­jaradi. Ekzodermadan so’ng ildizning asosiy qismini tash­kil qilgan birlamchi po’stloq paren­ximasi joylashgan, buni mezode­rma deb ataladi. Mezoderma hujayralari tirik hujayralardan ibo­rat bo’lib, suv va oziqa moddalarni kerakli tomonga o’tkazib turadi qisman o’zida vaqtinchalik to’plab ham turadi. Birlamchi po’stloq parenximasidan so’ng po’stloqning ichki qavati endoderma joylash­gan. Endoderma bir qavat doira bo’lib joylashgan taqasimon shakl­dagi o’lik hujayralardan iborat. Ular o’zidan suv va oziqa moddala­rni o’tkazmaydi, lekin endoderma hujayralari orasida tirik hujayralar bo’lib, ular orqali suv va unda erigan moddalar ichkariga o’tadi. Shuning uchun ularni o’tkazuvchi hujayralardeyiladi. Endo­derma qavatining ostida bir qavat tirik hujayralar joylashgan bo’lib, uni peresikl deyiladi. Undan Yon ildiz­lar, qisman kambiy ham hosil bo’ladi. Perisikldan ichkarida o’tkazuvchi hujayralar to’dasi yog’ochlikning o’tkazuvchi naylari joy­lashgan. Bu o’tkazuvchi naylar ksi­lema nay­lari deb ataladi va ksi­lema nay­lari orqali suv va mineral moddalar poyaga o’tadi. Ksilema naylari to’p-to’p bo’lib joy­lashgan. Shu naylar to’plami orasida elaksimon naylar joylashgan. Buni floema naylari deb ataladi. Bu nay­lar orqali bargda hosil bo’lgan mod­dalar pastga tushadi. Floema bilan ksilemaning to’plami markaziy si­lindrni hosil qiladi.

Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin