8 – laboratoriya mashg‘uloti mavzu: Ildiz zonalari. Ildizning anatomik tuzilishi. Mashg’ulot maqsadi


Ikki pallali o’simliklar ildizining



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#146789
1   2   3   4
8-лаб

2. Ikki pallali o’simliklar ildizining ikkilamchi tuzilishi. Ildizning ikkilamchi tuzilishini o’rganish uchun g’o’za yoki qovoq ildizdan tayyorlangan preparatni mikroskop ostida ko’riladi. Ikkalasi ham tashqi to­mondan ikkilamchi qoplovchi to’qima periderma bilan qoplangan. Uning ostida po’stloq parenximasi yoki flo­emasi bo’ladi. Po’stloq parenximasi tarkibida suv va zaxira moddalar to’playdigan, asosiy parenxima, organik moddalarning harakatini ta’minlaydigan elaksimon naylar va uning yo’ldosh hujayralari hamda poyaga mu­stahkamlik beruvchi sklerenxima mexanik to’qima joylashgan. Floe­madan so’ng kambiy halqasi joylashgan, kambiydan keyin ichkari tomonda ikkilamchi ksilema yoki yog’ochlik joylashib, unda suv va mine­ral moddalarni yuqoriga o’tkazuvchi traxeyalar, yog’ochlik parenximasi va libriform sklerenxima mexanik to’qima bo’ladi. Ildizning markazida birlamchi ksilema o’rnashgan. Bulardan tashqari g’o’za ildizida esa ajratuvchi to’qima ham bo’ladi.
3. Ildizmevalarning ichki tuzilishi. Lavlagi, turp, sabzi ildiz mevalarini kesib, il­dizning mikroskopik tuzilishi o’rganiladi. Lavlagining ildiz mevasida bir qancha halqalar bo’lsa, turp bilan sabzi ildiz mevasida halqalar soni bitta bo’ladi (25-rasm). Bu halqa kambiy halqasi bo’lib, lavlagi ildiz mevasida qo’shimcha kam­biy halqalari to’dasi va asosiy parenxima to’qimasi hosil bo’ladi. Turpda zaxira oziq moddalar ksilemada, sabzida esa floemasida to’planadi. Shu sababli turp ildiz mevasi qattiq, sabzining il­diz mevasi esa yumshoqroq bo’ladi. Lavlagi ildiz mevasidagi halqalar soni ko’pincha barg soniga teng bo’ladi. Lavlagida ko’plab ochiq kollateral bog’lamlarini ko’rish mumkin. Tashqi tomondan pe­riderma bi­lan o’ralgan, markazda esa birlamchi ksilema joylashgan. Turp, sabzi ildiz mevalari ham tashqi tomondan periderma bilan qoplangan. Pe­ridermadan so’ng ikkilamchi floema ko’rinadi, floema sabzida yaxshi taraqqiy etgani floemadan so’ng kambiy joylashgan. Kambiydan so’ng esa ikkilamchi ksilema bo’lib, turpda bu qismi kuchli taraqqiy etgan. Undan so’ng ildiz markazida birlamchi ksilema joylashgan.

Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin