8- mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi reja


Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki



Yüklə 399,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.06.2023
ölçüsü399,63 Kb.
#134072
1   2   3   4   5   6   7   8
9.2-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

 
8.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki. 
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig‗imlar amalda 
bo‗lgan bo‗lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2017 –yilga kelib esa 10 tagacha 
qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini 
esa qo‗shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta‘minlandi. Masalan ijtimoiy 
infratuzilma solig‗iga obodonlashtirish yig‗imi qo‗shib yuborilgan bo‗lsa, 2006 yilda 
ekologiya solig‗i mutlaq bekor qilindi.
2000-2017 yillarda foyda solig‗i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi,
Shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, 
ya‘ni unga nobudjet davlat jamg‗armalariga o‗tkaziladigan majburiy to‗lovlardan 
yagona yo‗l jamg‗armasi, maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‗armasiga ajratmalar 
ham qo‗shib yuborildi. 
8.4-jadval 
Davlat budjeti daromad qismining bajarilishi (YaIMga nisbatan % da)
5
 
Ko‘rsatkichlar 2010 2011 
2012 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 
2018 
Daromadlar 
jami 
22,1 21,9 
22,0 
22,0 
21,9 
21,3 
20,6 
19,9 
19,4 
1. Bevosita 
soliqlar 
5,8 
5,8 
5,6 
5,3 
5,1 
5,1 
4,9 
4,6 
3,8 
2. Bilvosita 
soliqlar 
11,1 10,6 
10,8 
11,3 
11,6 
11,2 
10,6 
10,5 
10,1 
3.Resurs 
to‗lovlari 
hamda mulk 
solig‗i 
3,4 
3,4 
3,4 
3,3 
3,0 
2,8 
2,7 
2,8 
3,1 
4. Boshqa 
daromadlar 
1,8 
2,2 
2,2 
2,2 
2,2 
2,2 
2,4 
2,1 
2,4 
Yagona soliq stavkasi 2007 yilda 13 % ga, 2012 yilda esa 5 % gacha 
pasaytirildi. 
Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish imkonini berdi.
Agar davlat budjeti daromaadlarining YaIMdagi ulushi 2000 yilda 28,5 % 
bo‗lgan bo‗lsa 2005 yilda 22,5 % ni 2018 yilda 19,4 % ni tashkil etdi (8.4-jadval).
Bizga ma‘lumki Yagona yo‗l jamg‗armasi, Maktab ta‘limini rivojlantirish 
jamg‗armas, Pensiya jamg‗armasi va Bandlilikka ko‗maklashish jamg‗armasini o‗z 
ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to‗lovlar ham soliq mazmuniga ega bo‗lib
5
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma‘lumotlari 



tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko‗tarilishiga, 
raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy 
resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‗armalarini ham 
qo‗shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi ulushi sifatida 
aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2017 
yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha 
pasaytirildi. 
Iqtisodiyotga 
soliq 
yukining 
pasaytirilishi 
korxonalarning 
moliyaviy 
resurslarining ko‗payishiga olib keldi. ― Bu o‗z navbatida investitsiyalarnig 
ko‗payishi, korxonalarning aylanma mablag‗larini to‗ldirish, ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo‗shimcha manba bo‗lib 
xizmat qilmoqda. 
2014 yilda yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkasi 8.5% dan 
8%ga, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25% dan 
15%ga pasaytirildi.
Natijada iqtisodiyotga davlat budjeti daromadlari bo‗yicha hisoblanadigan soliq 
yuki 20, 6 % gacha pasaydi.
Bu yillar davomida soliq yukining pasayishi soliq stavkalarining kamaytirilishi 
bilan birga investorlar va tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari ro‗yxatining 
kengaytirilishiorqali ro‗y berdi. Tahlil qilinayotgan davrda to‗g‗ri soliqlarning 
YaIMdagi ulushi 7,5 % (2000 y) dan 3,8 % (2018 y.) gacha pasaydi. 
Mol-mulk solig‗i va resurs to‗lovlarining YaIMdagi va yalpi soliq 
tushumlaridagi ulushi kamayib borganligini ta‘kidlash lozim. Bu soliqlarning 
YaIMdagi ulushi 2010 yilda 3,4 %ni, 2018 yilda 3,1 %ni tashkil etdi. 

Yüklə 399,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin